13:45 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
331 0 0

Taʼkidlanishicha, eʼlon qilinmagan Varshava va Berlin suhbatining toʻligʻida sensatsion tafsilotlar bor va bularning barchasi hali holva.

TOSHKENT, 9 sen — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Polsha va Germaniyaning Aleksey Navalniy haqidagi suhbatining eʼlon qilinmagan qismi borligini maʼlum qildi. Bu haqda 8 sentyabr kuni Belarus yetakchisi bilan boʻlgan intervyuda ishtirok etgan “Govorit Moskva” radiostantsiyasining bosh muharriri Roman Babayan xabar qildi.

Babayanning soʻzlariga koʻra, Lukashenko yozuvning toʻliq versiyasini Rossiya Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikovga topshirgan.

Aleksey Navalnыy
© Sputnik / Valeriy Melnikov

“Bizda, aytdiki, bu suhbatning toʻligʻi bor, eshitishni istaysizmi? Biz, tabiiyki, darhol javob berdik: albatta, istaymiz, keling eshitamiz! Shunda u deydiki: lekin unda Rossiya FXX rahbaridan soʻrang”, - deya Belarus prezidenti bilan boʻlgan suhbatni hikoya qilgan Babayan.

Taʼkidlanishicha, eʼlon qilinmagan qismda sensatsion tafsilotlar bor.

3 sentyabr kuni Aleksandr Lukashenko Varshava va Berlinning Navalniy atrofidagi voqealar xususidagi suhbati tutib qolinganini maʼlum qilgan edi. U ushbu yozuvni Rossiya maxsus xizmatiga berishni vaʼda qilgan edi. Belarus davlat telekanali audioyozuvning bir qismini ommaga eʼlon qildi. Unda GFR vakili deb aytilgan kishi Navalniyning “zaharlanishining” tasdiqlanishi unchalik muhim emasligi, chunki urushda “har qanday usul yaxshiligini” aytadi. Germaniya Vazirlar mahkamasi suhbatni soxta deb atadi, Polsha ham buni rad etdi.

Asosiy mavzular