02:31 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
384 0 0

Rossiya TIV bayonotida keltirilishicha, barcha murojaatlarga qaramasdan, Berlin ularga tezkor va konstruktiv munosabat bildirishni joiz deb bilmagan.

TOSHKENT, 9 sen — Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Berlinning Navalniy toʻgʻrisidagi bayonotiga munosabat bildirdi.

Kuni kecha AQSH davlat departamenti G7 mamlakatlarining qoʻshma bayonotini tarqatdi. Unda ular Rossiyani zudlik bilan Aleksey Navalniyning “zaharlanishida” kim javobgar ekanini aniqlash va aybdorlarni javobgarlikka tortishni chaqirishgan.

“Bizning barcha murojaatlarimizga qaramasdan, Berlin ularga tezkor va konstruktiv munosabat bildirishni joiz deb bilmadi”, - deyilgan Rossiya TIV bayonotida.

Taʼkidlanishicha, Rossiya GFRning Aleksey Navalniy atrofidagi voqealarga boʻlgan yondashuvini konstruktiv emas deb hisoblaydi.

“Bir vaqtning oʻzida Germaniya hukumatining shunday konstruktiv boʻlmagan yondashuvi ortida Rossiyaga asossiz taʼnalar yogʻdirilishi davom etmoqda. Keng tarqalgan dezinformatsiya kampaniyasi uning tashabbuskorlari asosiy vazifani A.Navalniyning sogʻligʻi haqida qaygʻurish va uning kasalxonaga yotqizilishining haqiqiy sabablarini aniqlashni emas, balki sanktsiya joriy etish ruhini ishga solishni koʻrishayotganidan yaqqol dalolat beradi”, - deyilgan xabarda.

Rossiya TIV bayonotida bildirilishicha, GFR tomonidan Navalniy ishi boʻyicha maʼlumotlar yoʻqligi Rossiyaga boʻlib oʻtgan hodisani aniqlashda zaruriy mexanizmlarni ishga solishiga imkon bermayapti.

Shuningdek, xabarda Germaniya rossiyalik tibbiyot xodimlarining nemis hamkasblari bilan Navalniy ishi boʻyicha muloqotini toʻxtatib qoʻyganini qoʻshimcha qilingan.

“Taʼkidlaymizki, rossiyalik tibbiyot xodimlari ham nemis hamkasblari bilan Rossiya va Germaniya ega boʻlgan A.Navalniy ahvoli toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni muhokama qilish uchun muloqotni yoʻlga qoʻyishni taklif etmoqda. Afsuski, Germaniya tomoni bu jarayonni sustlashtirib toʻxtatib qoʻymoqda”, - deyilgan xabarda.

Navalniy 20 avgust kuni samolyotdan oʻzini yomon his etgach, Omskda shoshilinch kasalxonaga yotqizilgan edi. Omsklik vrachlar tekshiruvlar yakuniga koʻra, moddalar almashinuvi buzilishi oqibatida qon tarkibida qandning keskin tushib ketishi yuz bergan, deya tashxis qoʻyganlar. Ammo u nima tufayli yuz bergani - hozircha maʼlum emas, Navalniy qoni va peshobida, omsklik shifokorlar maʼlumotlariga koʻra, zaharlar aniqlanmagan.

Keyinchalik blogerni samolyot bilan Germaniyaga olib ketishdi. Chorshanba kuni GFR hukumati harbiy mediklarga tayangan holda, Navalniyni "Novichok" jangovar moddasi tarkibiga kiruvchi zaharli substantsiya bilan zaharlashgani haqida bayonot berdi.

Kreml Berlin Moskvani oʻz xulosalari haqida xabardor etmaganini taʼkidladi, Rossiya TIV esa Rossiya ushbu holat yuzasidan Germaniyadan rasmiy javob kutayotganini bildirdi.

7 sentyabr kuni Berlinning “Sharite” klinikasi Navalniy holati yaxshilangani, uni komadan chiqarishga muvaffaq boʻlingani haqida xabar berdi.

Asosiy mavzular