19:34 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Dunyoda
Havola olish
36510

Rossiya poytaxtida koʻngillilarni koronavirusga qarshi emlash boshlandi. Birinchi tadqiqot ishtirokchi bugun emlandi.

TOSHKENT, 9 sen — Sputnik. Moskvada koʻngillilarni koronavirusga qarshi emlash boshlandi. Bu haqda shahar merining ijtimoiy rivojlanish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Anastasiya Rakova maʼlum qildi.

“Bugun nafaqat shahar, balki butun mamlakat uchun ham muhim kun. Roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyingi tadqiqotlar doirasida Moskvada aholini COVID-19 ga qarshi emlash boshlandi. Bu bizga har bir kishining vaktsinaga ega boʻlish fursatini yaqinlashtirishga imkon beradi. Birinchi tadqiqot ishtirokchilari bugun emlandi”, - dedi u.

Vaktsinani kiritish ikki bosqichda boʻlib oʻtadi. Birinchi bosqichda koʻngillilarga vaktsinaning birinchi komponenti, 21 kundan soʻng ikkinchisi kiritiladi. Komponentlar ular tarkibiga kiruvchi faol moddalar bilan farqlanadi. Bu organizmning immun himoyasini kuchaytirish uchun qilingan. Emlash bepul amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Rossiya vaktsinasini xarid qilish imkoniyatini oʻrganmoqda

Rakovaning soʻzlariga koʻra, emlanish istagini bildirayotgan soni kundan kunga ortmoqda. Allaqachon 35 mingdan ziyod moskvaliklar ariza topshirgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiyaning birinchi koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasining birinchi partiyasi keng muomalaga chiqarilgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular