13:37 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
156 0 0

Deputat fikri boʻyicha, Tramp maʼmuriyati Isroil va BAA oʻrtasida munosabatlar oʻrnatilishida muhim rol oʻynagan. U bu haqda Nobel qoʻmitasiga yoʻllagan maktubida taʼkidlab oʻtgan.

TOSHKENT, 9 sen - Sputnik. AQSH prezidenti Donald Trampni uning jahondagi davomli mojarolarni hal etishdagi ijobiy harakatlari uchun tinchlik boʻyicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida ilgari surishdi. Bu haqda Fox News telekanali xabar bermoqda.

Tegishli taklif Norvegiyaning "Taraqqiyot partiyasi" deputati Kristian Tibring-Gedde tomonidan kiritilgan.

"Men oʻylaymanki, davlatlar oʻrtasida tinchlikni oʻrnatish uchun u Tinchlik mukofotiga boʻlgan aksariyat boshqa nomzodlardan farqli oʻlaroq koʻproq ishni amalga oshirgan", - dedi u.

Deputat fikri boʻyicha, Tramp maʼmuriyati Isroil va BAA oʻrtasida munosabatlar oʻrnatilishida muhim rol oʻynagan. U bu haqda Nobel qoʻmitasiga yoʻllagan maktubida taʼkidlab oʻtgan.

Isroil va BAA ilgariroq munosabatlarni toʻliq normallashtirish haqida kelishib olishgan edi. AQSH bilan hamkorlikda boʻlgan uch tomonlama bayonot shartlariga koʻra, Isroil Iordan daryosining Gʻarbiy qirgʻogʻida oʻz suverenitetini targʻib etish qarorini vaqtincha kechiktiradi. Bundan tashqari, Isroil va BAA turli sohalarda bitimlar imzolaydilar.

Asosiy mavzular