12:53 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Dunyoda
Havola olish
25302

Taʼkidlanishicha, Livan poytaxti Bayrut shahridagi avtomobil shinalari va moylari saqlanadigan omborga oʻt ketgan.

TOSHKENT, 10 sen — Sputnik. Livan poytaxti Bayrut shahridagi portda yana kuchli yongʻin yuz berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Taʼkidlanishicha, avtomobil shinalari va moylari saqlanadigan omborga oʻt ketgan.

“Hodisa joyida oʻt oʻchiruvchilar ish olib bormoqda, ularga armiya vertolyotlari yordam bermoqda”, - deyilgan xabarda.

​Eslatib oʻtamiz, Livan poytaxti Bayrut shahrida 4 avgust kuni ham dahshatli portlash yuz bergan edi. Portlash Bayrut portida olti oy davomida kerakli tartibda saqlanmagan 2 750 tonna ammiak selitrasi sabab yuzaga kelgan. Portlash oqibatida 190 kishi qurbon, olti mingdan ziyod kishi esa jarohat olgan.

Asosiy mavzular