03:21 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Dunyoda
Havola olish
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (58)
165 0 0

AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeoning soʻzlariga koʻra, AQSH 2021 yilning may oyiga kelib Afgʻonistondan qoʻshinlarni toʻliq chiqarishni rejalashtirmoqda

TOSHKENT, 11 sen - Sputnik. AQSH bir-ikki oydan soʻng Afgʻonistondagi harbiy kontingenti sonini 4,5 ming nafargacha qisqartiradi. Bu haqda AQShning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod xabar qildi, deb yozadi RIA Novosti.

"Biz hozir ikkinchi bosqichidamiz (qisqartirishni). Birinchi bosqich 8,6 ming (harbiy xizmatchi) qisqartirilishini nazarda tutadi. Ikkinchisi, taxminan 4,5 mingni, bu ish oktyabr yoki noyabr oʻrtalarida yuz berishi mumkin. Biz shu yoʻldamiz", - dedi Xalilzod.

AQSH prezidenti Donald Tramp ilgariroq amerika harbiylari sonini 4 mingtagacha qisqartirish rejasini tasdiqlagan edi.

Fevral oyi oxirida Qatarda boʻlib oʻtgan marosimda AQSH va Afgʻoniston "Tolibon" radikal xarakati 18 yildan ortiq davom etgan urushda birinchi tinchlik bitimini imzoladilar, bu hujjat chet el qoʻshinlarining Afgʻonistondan 14 oy ichida olib chiqilishini va asirlar almashinuvi bitimi tuzilgandan keyin afgʻonlararo muloqot boshlanishini koʻzda tutadi.

AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeoning soʻzlariga koʻra, AQSH 2021 yilning may oyiga kelib Afgʻonistondan qoʻshinlarni toʻliq chiqarishni rejalashtirmoqda.

Mavzu:
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (58)

Asosiy mavzular