BMT COVID-19ni tashkilot tarixidagi eng ulkan muammolardan biri deb tan oldi

© AFP 2023 / Indranil MukherjeeBudda v zashitnoy maske na graffiti v Mumbae
Budda v zashitnoy maske na graffiti v Mumbae - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hujjatga muvofiq, Bosh assambleya "COVID-19 pandemiyasi BMT tarixidagi eng ulkan global muammolardan biri ekanligini" tan oladi. Rezolyutsiya uchun 169ta davlat ovoz bergan. AQSh va Isroil qarshi chiqqan. Ukraina hamda Vengriya betaraflikni saqlagan.

TOShKENT, 12 sen - Sputnik. BMT Bosh assambleyasi koronavirus pandemiyasiga qarshi kompleks kurash to‘g‘risida rezolyutsiyani qabul qildi; hayotning epidemiya o‘z ta’sirini ko‘rsatgan barcha jabhalari tilga olingan hujjatda COVID-19 - tashkilot tarixida eng ulkan muammolardan biri bo‘lganligi aytib o‘tilgan.

Teplichniy kompleks v Volgogradskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Pandemiya O‘zbekiston biznesiga qanday ta’sir qildi - BMT izlanishi

Matnga muvofiq, Bosh Assambleya "COVID-19 pandemiyasi BMT tarixidagi eng ulkan global muammolardan biri ekanligini" tan oladi. Rezolyutsiya uchun 169ta davlat ovoz bergan. AQSh va Isroil qarshi chiqqan. Ukraina hamda Vengriya betaraflikni saqlagan.

BMT BA pandemiya jamiyat, iqtisodiyot, ish bilan ta’minlash, jahon savdosi, sayohat tizimi, qishloq xo‘jaligi, sanoat va savdo sohasidagi jiddiy silsilalar tufayli halokatli ta’sir ko‘rsatayotganidan chuqur xavotir bildirmoqda.

Birinchi yarim yillikda budjet xarajatlari 20%ga oshdi - moliya vaziri >>>

Bosh assambleya pandemiya oqibatlari ayollar, keksalar, yoshlar, kambag‘allar va ijtimoy nochorlar hayotlarida og‘ir aks-sado berayotganligini tan olgan. Shu bilan bir vaqtda, BMT Bosh Assambleyasi, hujjatga muvofiq, pandemiya bilan bog‘liq ravishda diskriminatsiya, nafratni qo‘zg‘ash, irqchilik va ksenofobiya darajasi oshganidan tashvish bildirgan. Hujjat mualliflari ushbu holatlarga qarshi kurashishga chorlamoqda.

Povar gotovit v restorane v Parije yedu na vinos - Sputnik O‘zbekiston
Dunyoga yangi pandemiya chang solmoqda

Bundan tashqari, hujjatga imzo chekuvchilar pandemiya kontekstida, jumladan, internetdan foydalangan holda dezinformatsiya va propaganda tarqatilayotganidan tashvish bildirganlar.

"Bosh Assambleya BMT bosh kotibining butun dunyoda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish, shu jumladan, yordamlarni yetkazish uchun yo‘laklarni tashkil qilish bo‘yicha chaqiriqlarini qo‘llab-quvvatlaydi", - deyilgan hujjatda.

Hujjatda qayd etilishicha, BMT BA hukumatlar va fuqarolik jamiyatlarini pandemiyaga qarshi kurash doirasida javob choralarini qabul qilishga chorlamoqda. Gap, xususan, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimlarining mustahkamlanishi haqida bormoqda.

O‘zbekistonning bironta fuqarosi o‘z holiga tashlab qo‘yilmaydi – Mirziyoyev >>>

Rezolyutsiyada aytilishicha, Bosh Assambleya barcha mamlakatlarga pandemiyaga qarshi kurashish uchun sifatli, xavfsiz, samarali va arzon narxdagi diagnostika, terapevtik vositalar, dorilar va vaktsinalardan to‘siqsiz foydalanish imkoniyatini berishga chaqiradi.

Yangiliklar lentasi
0