20:21 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Dunyoda
Havola olish
57910

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari havo hujumiga qarshi qoʻshma mudofaa tizimining jangovar tayyorgarligini sinovdan oʻtkaza boshladilar

MDH davlatlari Havo hujumiga qarshi birlashgan mudofaa tizimining jangovar tayyorgarligini tekshirishmoqda. Taktik harakatlarda biryoʻla 7ta davlat: Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston harbiylari ishtirok etmoqda.

Manyovrlar barcha davlatlar havo boʻshligʻida parallel ravishda yuz bermoqda, harbiylar harakatlari esa Rossiya Harbiy-kosmik kuchlari boshqaruv markazidan turib muvofiqlashtirilmoqda.

Turli vaziyatlar: Hamdoʻstlik mamlakatlari chegaralari buzilishidan tortib, hatto harbiy havo kemalari olib qochilishi singari vaziyatlar boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazilmoqda.

Harbiy mashgʻulotlarda 60dan ortiq havo kemalar, shu jumladan, Su-27, MiG-29, MiG-31 va Yak-130 qiruvchilari, Su-25 shturmchilari, Su-24 va Su-34 front bombardimonlari va Tu-22 hamda Tu-160 ogʻir bombardimonchilari jalb qilingan.

Oʻtalgan algoritmlar Rossiya chegaralarida NATO samolyotlari faollashib qolganini hisobga olgan holda, tashqi tahdidlarni yengishga yordam beradi.

Asosiy mavzular