20:33 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Dunyoda
Havola olish
137401

Braunning aytishicha, Vashington AQSH harbiy salohiyatiga teng keluvchi salohiyatga ega davlat bilan toʻqnash kelishi mumkin. Va u ameprika qoʻshinlari soʻnggi ikki oʻn yillikda olib borgan harakatlardan keskin farq qiladi.

TOSHKENT, 12 sen - Sputnik. AQSH boʻlajak urushni qudrati jihatdan oʻziga teng derjava bilan olib boradi va u ulkan qurbonlarga sabab boʻlishi mumkin, deb hisoblaydi amerika HHK shtab rahbari Charlz Braun. Uning "Oʻzgarishlarni tezlashtirish yoki boy berish" mavzusidagi dokladidan iqtiboslar Defense News portalida keltirilgan.

"Biz urushni Ikkinchi jahon urushi davrida yuz bergan jangovar yoʻqotishlar va xalqqa qarshi xatarlarga oʻxshash xavflar bilan olib borishga tayyor boʻlishimiz kerak", - degan Braun.

Shtab rahbarining taʼkidlashicha, avvalgi rahbariyatning qarorlari Hitoy va Rossiya bilan boʻlayotgan shiddat bilan oʻzgaruvchi poygada zarur boʻlgan natijalarga erishishga imkon qoldirmagan.

Braunning aytishicha, Vashington AQSH harbiy salohiyatiga teng keluvchi salohiyatga ega davlat bilan toʻqnash kelishi mumkin. Va u ameprika qoʻshinlari soʻnggi ikki oʻn yillikda olib borgan harakatlardan keskin farq qiladi.

"Kelajakdagi urush qirgʻoqlarimizdan chetda qolmaydi", - deya xulosa qilgan amerika HHK shtabining yangi rahbari.

Taʼkidlanishicha, Braun HHK rivojlantirish yuzasidan oʻz qarashlari haqida 14 sentyabr kuni maʼlumot beradi.

Charlz Braun shtab qoʻmondonligini 6 avgust kuni qabul qilib olgan.

Asosiy mavzular