06:28 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1175)
176 0 0

Mamlakat prezidenti Sooronbay Jeenbekov ikki mamlakatning tegishli organlari “Sputnik V” vaktsinasini Qirgʻizistonga yetkazib berishga oid muzokaralar olib borayotganini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 13 sen — Sputnik. Qirgʻiziston Rossiya bilan “Sputnik V” vaktsinasini yetkazib berishga doir muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti Sooronbay Jeenbekov davlat radiosiga bergan navbatdagi intervyusida maʼlum qildi.

“Maʼlumki, soʻnggi paytda Rossiya vaktsinani joriy etishni boshladi. Ishonchim komilki, tez orada uni ommaviy ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi. Biz uchun vaktsinani respublikaga olib kelish juda muhim”, - dedi u.

Jeenbekov ikki mamlakatning tegishli organlari vaktsinani Qirgʻizistonga yetkazib berishga oid muzokaralar olib borayotgani qoʻshimcha qildi.

Avvalroq Rossiyada yaratilgan birinchi koronavirusga qarshi vaktsinaga Qozogʻiston, Tojikiston va boshqa mamlakatlar qiziqish bilgan edi.

Shuningdek, Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahodir Yusupaliyev mamlakat Rossiya vaktsinasini xarid qilish imkoniyatini oʻrganib chiqayotganini maʼlum qilgan edi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1175)
Teglar:
koronavirus, vaktsina, Qirgʻiziston

Asosiy mavzular