Yaponiya yangi bosh vazirining ismi ma’lum bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Liberal-demokratik partiya Parlamentda ko‘pchillik ovozga ega bo‘lgani tufayli, partiya rahbari Yosixide Suga bosh vazir lavozimiga tayinlanishi muqarrar.

TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Yaponiyaning yetakchi Liberal-demokratik partiyasining rahbari etib Osixide Suga saylandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. 

Sindzo Abe - Sputnik O‘zbekiston
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe iste’foga chiqmoqchi

Dushanba kuni bo‘lib o‘tgan ovoz berishda Yosixide Suga 377ta ovoz to‘pladi. Uning raqiblari - sobiq mudofaa vaziri Sigeru Isiba 68ta ovoz, Fumio kisida esa - 89ta ovoz jamlashdi. 

16 sentabr kuni Yaponiya Parlamentida navbatdan tashqari ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tadi. Unda Osixide Suga Yaponiya bosh-vaziri lavozimiga tasdiqlanadi. Liberal-demokratik partiya Parlamentda ko‘pchillik ovozga ega bo‘lgani tufayli Osixide Suga bosh vazir lavozimiga tayinlanishi muqarrar. Yosixide Suga allaqachon Abe yo‘nalishini davom ettirishini ma’lum qildi, deyilgan xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe sog‘ligi yomonlashgani tufayli bosh vazir lavozimini tark etishga qaror qilganini ma’lum qilgan edi. 

 

Yangiliklar lentasi
0