01:50 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
375 0 0

Rossiya Arxitektorlar ittifoqi Lenin mavzoleyidan foydalanish gʻoyalari boʻyicha tanlov eʼlon qildi - jamiyatda bunga bir-biriga mutlaq qamama-qarshi boʻlgan fikrlar bildirilmoqda.

TOSHKENT, 14 sen - Sputnik. Moskva markazida Qizil maydonda joylashgan Lenin mavzoleyidan qanday maqsadlarda samarali foydalanish mumkin? Ushbu mavzuda turli xil gʻoyalarni jamlash maqsadida Rossiya Meʼmorlar Ittifoqi (Soyuz Arxitektorov) tanlov eʼlon qildi. 

Tanlov matnida aytishiga koʻra, be yerda hech qanday siyosiy motiv yoʻq, masad faqat gʻoyalar banki yaratish. Tanlov shu kunlarda boʻlib oʻtayotgan "Zodchestvo" festivali doirasida eʼlon qilingan. 

Meʼmorlar Ittifoqining oʻzi esa - mavzoleydan Vladimir Leninning tanasi olib chiqib ketilganidan soʻng ushbu binoni Shusev nomidagi meʼmorchilik muzeyi filialiga aylantirishni taklif qilgan. Ittifoq rahbari Nikolay Shumakov aytishiga qaraganda, ushbu bino Shusev loyihasi asosida qurilgan va bu yerda  1924 - 1925 yillar sovet arxitekturasiga bagʻishlangan eksponatlar qoʻyish mumkin.

Mavzoley V.I. Lenina na Krasnoy ploщadi v Moskve
© Sputnik / Aleksandr Vilf
Mavzoley V.I. Lenina na Krasnoy ploщadi v Moskve

Ushbu xabarlarni Rossiya kommunistik partiyasi yetakchisi Zyuganov keskin tanqid qildi. Siyosatchi aytishiga qaraganda ushbu tanlov eʼlon qilinishi - hech narsaga asoslanmagan igʻvo xolos. 

"Hamma oʻzicha tentak boʻladi. Qizil Maydon ham Lenin mavzoleyi ham bizning tarixiy boyligimiz. ular juda koʻp narsani koʻrgan. Shu yerdan jangchilar saf tortib oʻtib keyin fashistlar bilan urushga kirgan. Ular bizning ota-bobolarimiz qahramonligi timsolidir. Davlat ramzini buzishga urinayotgan har qanday harakat - hech qanday maʼnaviy asosga va meʼmoriya qadariyatga ega emas. Oʻz tarixingizni hurmat qiling", - dedi Zyuganov. 

Eslatib oʻtamiz, Lenin mavzoleyi YUNESKO roʻyxatiga qiritilgan tarixiy obʼyekt boʻlib uning tashqi va ichki koʻrinishi jiddiy oʻzgartirilishi mumkin emas. Rossiya hukumati yoki kommunistik partiya rahbariyati tomonidan Leninning jasadini qabristonga koʻchirish haqida hech qanday qaror qabul qilingani ham yoʻq. 

Ochered v Mavzoley V.I. Lenina na Krasnoy ploщadi
© Sputnik / Anatoliy Sergeyev-Vasilyev
Ochered v Mavzoley V.I. Lenina na Krasnoy ploщadi

Asosiy mavzular