Sentabrda xorijlik birinchi bosqich talabalari Rossiyaga kirishi mumkin

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishStudenti
Studenti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2019/2020 yil o‘quv yilida Rossiyada 298 ming nafarga yaqin xorijlik talaba tahsil olgan. Ularning aksariyati Qozog‘iston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Xitoy, Tojikiston, Ukraina, Hindiston, Belarus, Ozarbayjon va Qirg‘iziston fuqarolaridir.

TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Rossiya oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan chet ellik birinchi bosqich talabalar sentabr oyida Rossiyaga hududiga kirishlari mumkin. Bu haqda Rossiya ta’lim va ilm-fan vaziri Valeriy Falkov ma’lum qildi.

Gap sentabr oyida chegaralari ochiq bo‘ladigan davlat fuqarolari haqida bormoqda.

“Biz sentabrda birinchi bosqich talabalari uchun Rossiya Federatsiyasiga belgilangan algoritm bo‘yicha kirish imkoniyatini ochamiz, lekin faqat ochiq bo‘lgan mamlakat fuqarolari uchun”, - dedi Falkov “Yedinaya Rossiya” rayosati yig‘ilishida. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Studenti  - Sputnik O‘zbekiston
Pandemiya qancha xorijlik talabalarning Rossiyaga kirishiga imkon bermayapti

Rossiyalik vazirning so‘zlariga ko‘ra, davlat hokimiyati federal organlari, subyektlar va OTMlari xatti-harakatining maxsus algoritmi ishlab chiqilgan. Uning yordamida Rossiyaga 25 ming nafar atrofida birinchi bosqich talabalari kirishi mumkin. Shu hafta uni ma’qullash rejalashtirilmoqda.

2019/2020 yil o‘quv yilida Rossiyada 298 ming nafarga yaqin xorijlik talaba tahsil olgan. Ularning aksariyati Qozog‘iston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Xitoy, Tojikiston, Ukraina, Hindiston, Belarus, Ozarbayjon va Qirg‘iziston fuqarolaridir.

Shu bilan birga Rossiya hozircha faqat Turkiya, Buyuk Britaniya, Tanzaniya, Shveysariya, Misr, BAA va Maldiv bilan aviaqatnovlarni tiklagan.

Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov chet ellik talabalarning Rossiyaga qaytishi oy oxiriga qadar muayan bo‘lishini ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0