06:51 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
303 0 0

15 sentyabrdan boshlab Janubiy Osetiya va Rossiya oʻrtasidagi davlat chegarasini kesib oʻtish mumkin. 1 aprelda kiritilgan taqiq bekor qilindi.

TOSHKENT, 15 sen — Sputnik. Janubiy Osetiya 15 sentyabrdan Rossiya bilan davlat chegarasini kesib oʻtishni qayta tiklamoqda. Bu haqda Janubiy Osetiya hukumati saytida xabar qilindi.

Hukumat qaroriga muvofiq, 15 sentyabrdan boshlab Janubiy Osetiya va Rossiya oʻrtasidagi davlat chegarasini “Ruk” nazorat oʻtkazish punkti orqali kesib oʻtish odatdagi tarzda faoliyat yuritadi.

Shuningdek, mamlakatda koronavirus tufayli joriy qilingan cheklovlarning aksariyati bekor qilinadi. Mamlakatga kelayotganlar uchun ikki haftalik majburiy karantin ham bekor qilinmoqda.

Janubiy Osetiya Rossiya bilan chegaralarini koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida 1 aprel kuni yopgan edi.

Asosiy mavzular