05:59 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
44410

Kardiff universiteti (Britaniya) va Massachusets texnologik universiteti (AQSH) olimlari Venera (Zuhro) atmosferasida fosfin gazini topishdi.

TOSHKENT, 15 sen — Sputnik. Kardiff universiteti (Britaniya) va Massachusets texnologik universiteti (AQSH) olimlari Venera (Zuhro) atmosferasida fosfin gazini topishdi. RIA Novosti xabariga asosan.

“Zuhro atmosferasida fosfin borligi Gavayidagi Jeyms Klark Maksvell teleskopi va Chilidagi Atakam radioteleskoplar tizimi yordamida kashf qilindi. Fosfin zarralarining kontsentratsiyasi milliardga 20 tani tashkil etdi.”, - deydi olim.

Fosfin – bu rangsiz, oʻta zaharli gazdir. Yer sayyorasida uni anaerob, yaʼni kislorod mavjudligini talab etmaydigan mikroorganizmlar ishlab chiqaradi. 2019 yilda ekzosayyoralar (boshqa yulduzlar) atmosferasida fosfinni qidirishni ularda hayot borligini anglatuvchi belgi etib belgilash taklif qilingan.

Shu bilan birga, manba taʼkidlashicha, fosfin topilishi Venerada hayotning borligini anglatmaydi, chunki gaz nomaʼlum tabiiy jarayonlar natijasida hosil boʻlishi mumkin. Olimlar hanuz gazning biologik boʻlmagan kelib chiqish usullarini topa olmadilar.

Uchenыe NASA obnarujili na Marse strannuyu dыru
© Foto : NASA, JPL, U. Arizona

Kashfiyot haqidagi maʼlumotlar onlayn press-konferentsiya paytida ommaga maʼlum qilinadi, shundan soʻng " Nature" nashrida chop etiladi.

Bu Venerada hayot borligi haqidagi birinchi taxmin emas. 2012 yil yanvar oyida “Astronomicheskiy vestnik” ilmiy jurnali, Rossiya Fanlar akademiyasining kosmik tadqiqotlar institutining bosh ilmiy xodimi Leonid Ksanfomaliti sovet “Venera-13” stantsiyasining qoʻnish modulidan olingan tasvirlarni tahlil qilish boʻyicha maqola chop etdi.

Ularda u hasharotlarga oʻxshash boʻlgan bir nechta obʼyektlarni topdi, olim ularni tirik deb hisobladi. Biroq, koʻpchilik hamkasblar shubha bilan qarashdi.

Ayni vaqtda Rossiya va AQSH Veneraga tushish uchun “Venera-D” kosmik kemasini yaratish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Asosiy mavzular