23:48 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
335 0 0

Moskva oktyabr oyida MDH poytaxtlari bilan parvozlarni tiklashi mumkin. Gap Nur-Sulton, Toshkent, Boku, Yerevan va boshqalar haqida bormoqda.

TOSHKENT, 15 sen — Sputnik. Moskva MDH mamlakatlari bilan bir oy mobaynida aviaqatnovlarni qayta tiklashi mumkin.

“Birinchi tartibli navbatda oktyabr oyida MDH poytaxtlari bilan aviaqatnovlarni qayta tiklash mexanizmlari muhokama qilinmoqda. Gap Nur-Sulton, Toshkent, Boku, Yerevan va boshqalar haqida bormoqda”, - deyilgan xabarda.

Taʼkidlanishicha, birinchi boʻlib Belarus poytaxti Minsk bilan parvozlar tiklanishi mumkin.

Parvozlar tiklanishi sanasi hozircha aniqlanmagan.

Avvalroq Oʻzbekiston 11 sentyabrdan Qozogʻiston, 14 sentyabrdan Qirgʻiziston bilan aviaqatnovlarni rasman tiklagan edi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari Bahodir Yusupaliyev Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida muntazam parvozlar sentyabrda qayta tiklanishi mumkinligini maʼlum qilgan edi. Ammo buni aniq aytish mumkin emas, chunki barchasi respublikadagi epidemiologik vaziyatga bogʻliq.

Asosiy mavzular