20:17 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
70920

Rossiya qiruvchilari AQSH strategik bombardimonchi samolyotini Bering va Oxota dengizlari boʻylab kuzatib qoʻyishdi.

TOSHKENT, 15 sen — Sputnik. Rossiya qiruvchilari AQSH strategik bombardimonchi samolyotini Bering va Oxota dengizlari boʻylab kuzatib qoʻyishdi. Bu haqda RIA Novosti'ga Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi xabar qildi.

Rossiya havo hududini nazorat qilish tizimlari davlat chegarasiga yaqinlashayotgan obʼyektni aniqladi. Samolyotni toʻxtatish uchun Rossiyaning MiG-31 va Su-35s qiruvchilari osmonga koʻtarildi.

Rossiya qiruvchilarining ekipajlari havo nishoni sifatida – AQSH HHKga qarashli B-1V Lancer strategik bombardimonchisi ekanligini aniqladilar.

Rossiya qiruvchilari xorijiy davlat samolyotini kuzatib qoʻygandan soʻng, aerodromga qaytib keldilar.

Asosiy mavzular