Tramp Habib Nurmagomedovni dunyoning eng yaxshi jangchisi deb atadi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishPress-podxod D. Trampa pered otletom v Detroyt
Press-podxod D. Trampa pered otletom v Detroyt - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti 24-oktabr kuni Habib va Jastin Getji ishtirokida bo‘lib o‘tadigan jangni albatta tomosha qilishini aytdi. 

TOShKENT, 16 sen - Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp UFC yengil vazn chempioni Habib Nurmagomedovni vazn toifalaridan qat’iy nazar dunyoning birinchi raqamli jangchisi deb atadi.  

Shuningdek AQSh prezidenti saylov oldi bo‘lishiga qaramasdan 24-oktabr kuni Habib va Jastin Getji ishtirokida bo‘lib o‘tadigan jangni albatta tomosha qilishini aytdi. 

"Ushbu jang AQSh prezidenti saylovlari oldidan bo‘ladi, lekin biz uni albatta tomosha qilamiz. Men uni aniq tomosha qilaman. Bu misli ko‘rilmagan jang bo‘ladi deb o‘ylayman", - dedi Donald Tramp. 

Eslatib o‘tamiz, UFC umumlashtirilgan rasmiy reytingida Habib yarim og‘ir vazn sobiq chempioni Jon Djonsdan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallagan edi. 

Habib Nurmagomedov va Jastin Getji ishtirokidagi jang 24-oktabr kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tadi. 

Yangiliklar lentasi
0