12:05 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Dunyoda
Havola olish
117101

Taʼkidlanishicha, Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen hozirgina bu haqda murojaat bilan Yevroparlament deputatlari oldida chiqish qilgan.

TOSHKENT, 16 sen - Sputnik. Yevropa bir jinsli nikohlarni butun boshli Yevropa ittifoqi hududida tan olmoqchi, deb xabar qiladi Sputnik Blijneye zarubejye.

Taʼkidlanishicha, Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen hozirgina Yevroparlament deputatlariga shu haqda murojaat yoʻllagan.

Deyarli barcha mamlakatlar YEIda koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq holat haqida hisobotni kutgan bir vaqtda, Yevrokomissiyaning oilaviy munosabatlarni Yevropa ittifoqi mamlakatlarida oʻzaro tan oldirishga erishish vaʼdasi hamma uchun kun xabariga aylangan.

Gap, xususan, bir jinsli nikohlar haqida ham borgan. Bu esa bu singari nikohlar taʼqiqlangan aksar Yevropa mamlakatlaridagi milliy qonunchilikning inkor etilishini anglatadi. Bu anʼanaviy tarzda gomofobiyada ayblanib kelinadigan Boltiqboʻyi davlatlarigagina tegishli emas.

"Ursula fon der Lyayenning ushbu bayonoti Italiya va Polshada juda katta taajjubni keltirib chiqarishi tabiiy, axir ushbu mamlakatlarning katolik aholisi bir jinsli nikohlarning tan olinishiga faol tarzda qarshilik koʻrsatib kelishadi", - deb yozadi nashr.

Asosiy mavzular