21:17 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Dunyoda
Havola olish
369 0 0

Yangi qonun chegaralar tufayli ajralib qolgan oilalarning hamda kelajakda Rossiyada qolishni istaydigan fuqarolarning hayotini yengillashtirishga moʻljallangan - Mishustin. 

TOSHKENT, 16 sen - Sputnik. Rossiya fuqarolarining xorijiy qarindoshlarini kirib-chiqishini osonlashtirish rejalashtirilmoqda. Bu haqida Vazirlar mahkamasi majlisida bosh vazir Mixail Mishustin xabar qildi. RIA Novosti xabariga asosan. 

"Rossiya fuqarosining yaqin qarindoshlari uchun muddati bir yilga qadar boʻlgan vizalarni fuqaroning oddiy arizasiga asosan rasmiylashtirish mumkin. Turmush oʻrtogʻi, ota-ona, aka-uka, buvi va buva hamda nabiralar ana shunday qarindoshlar hisoblanadi", - deyilgan xabarda. 

Undan tashqari, Mishustin ana shunday qarindoshlar har 3 oyda Rossiya hududini tark etishini talab qiluvchi qonun normasi ham bekor qilinadi. Bosh vazir aytishiga koʻra, "ushbu qonun chegaralar tufayli vaqtincha ajralib qolgan oilalarning hamda kelajakda Rossiyada qolishni istaydigan fuqarolarning hayotini yengillashtirishga moʻljallangan". 

Asosiy mavzular