Yangi rezolyutsiya. Yevroparlamentda Rossiya izolyatsiyasi davom etishi uchun ovoz berishdi

Obuna bo‘lish
Deputatlar YeI, BMT, Yevropa kengashi va OZXO ishtirokida Navalniy bilan bog‘liq hodisa ustidan tekshiruv boshlashga chaqirishdi.

TOShKENT, 16 sen - Sputnik. Yevropa parlamenti deputati chiqarilgan rezolyutsiyada Rossiya bilan munosabatlarni ko‘rib chiqishga va Aleksey Navalniy atrofidagi holat tufayli RFni "izolyatsiya qilishda davom etishga" chaqirishdi, deb xabar beradi RIA Novosti.

Aleksey Navalniy - Sputnik O‘zbekiston
Germaniya Aleksey Navalniyni jim turishga majbur qiladi

Ushbu hujjatni muhokama qilish ishlari chorshanba va payshanba kunlari bo‘lib o‘tmoqda.

Yevropa parlamentida Yevropa va Rossiya munosabatlarida strategik qayta baholashni o‘tkazish taklif etildi. Parlamentariylar Moskvaga xalqaro forumlarda, jumladan, G7 va boshqalarida boykot e’lon qilish, shuningdek, turli platformalarda u bilan hamkorlikni qayta ko‘rib chiqish taklifini ilgari surdilar.

Deputatlar YeI, BMT, Yevropa kengashi va OZXO ishtirokida Navalniy bilan bog‘liq hodisa ustidan tekshiruv boshlashga chaqirishdi.

Sud pomestil Alekseya Navalnogo pod domashniy arest - Sputnik O‘zbekiston
Navalniyning komadan so‘ng birinchi fotosi paydo bo‘ldi

Navbatdagi bor "Shimoliy oqim - 2" bo‘yicha hamkorlikni to‘xtatishga da’vatlar yangrai, shuningdek, Ukraina bo‘yicha minsk kelishuvlarining bajarilishi, YeI sharqiy hamkorlari bilan hamkorlikni mustahkamlash, Yevropa ittifoqining energetik xavfsizligini ta’minlash, xalqaro masalalarda YeS manfaatlarini ko‘zlovchi Yevropa-Rossiya hamkorligini rivojlantirish, va nihoyat, Rossiyadagi fuqarolik jamiyatini va Rossiya hamda Yevroittifoq xalqlari o‘rtasidagi aloqalarni qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga olgan beshta tamoyilga amal qilish bo‘yicha navbatdagi bor da’vatlar yangrab o‘tdi.

Yigirma to‘qqizinchi avgust kuni ichida Navalniy bo‘lgan, Tomskdan Moskvaga qarab yo‘l olgan samolyot shoshilinch Omskda qo‘ndirilgani, jamoat arbobining parvoz vaqtida salomatligi yomonlashgani haqida xabar berildi. Uni birinchi raqamli tez tibbiy yordam kasalxonasiga yetkazishdi. Bemor bu vaqtda komaga tushgan edi. Rossiyalik vrachlar Navalniyga qo‘ygan ishchi tashxisga ko‘ra, blogerda uglevod balansi va moddalar almashinuvining buzilishi holati kuzatilgan.

Ertasi kuni Navalniy va uning rafiqasi Yulya xususiy samolyotda Omskdan Berlinga qarab yo‘l oldi. Rossiya fuqarosi Berlinning "Sharite" klinikasiga olib ketildi.

Yangiliklar lentasi
0