Amerika prezidentligiga da’vogarlik qilgan reper Putin suratini Twitter᾽ga joyladi

© REUTERS / RANDALL HILLKanye Uest na pervoy vstreche s izbiratelyami
Kanye Uest na pervoy vstreche s izbiratelyami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Iyul oyi boshida rep yo‘nalishida ijod qiluvchi amerikalik qo‘shiqchi Kanye Uest AQSh prezidenti poygasida ishtirok etish niyatida ekanini ma’lum qilgan edi.

TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Amerikalik reper Kanye Uest o‘zining Twitter᾽dagi sahifasiga dzudo bo‘yicha mashg‘ulotda bo‘lgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin suratini joyladi.

16 sentabr kuni e’lon qilingan suratda Rossiya yetakchisining 2016-yilda dzudo bo‘yicha Rossiya terma jamoasi vakillari bilan uchrashuvi aks etgan. Dzudochi Musa Mogushkov bilan mashg‘ulotda Putin raqibini yiqitmoqda.

​“Birinchi raqamli qoida: Ye᾽ni tingla”, - deya shahr yozilgan suratda. Ye Uestning taxallusi va albomining nomidir.

Qo‘shiqchi Putin surati va sharh bir-biriga qanday bog‘liqligiga aniqlik kiritmagan.

Iyul oyi boshida rep yo‘nalishida ijod qiluvchi amerikalik qo‘shiqchi Kanye Uest AQSh prezidenti poygasida ishtirok etish niyatida ekanini ma’lum qilgan edi. Saylovoldi poygada u mustaqil nomzod sifatida ishtirok etishni rejalashtirgan edi.

Yangiliklar lentasi
0