19:42 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
237 0 0

Yevropa parlamenti deputatlari Belarusdagi prezident saylovlari yakunlarini tan olmadi. Shuningdek, ular Aleksandr Lukashenkoni qonuniy prezident deb hisoblamaydi.

TOSHKENT, 17 sen — Sputnik. Yevropa parlamenti Belarusdagi prezident saylovlari yakunlarini tan olmaydi va Aleksandr Lukashenkoni qonuniy prezident deb hisoblamaydi. Tegishli hujjat tashkilot saytida eʼlon qilingan.

Taʼkidlanishicha, Yevropa parlamenti Yevropa kengashi pozitsiyasiga muvofiq 9 avgust kuni Belarusda boʻlib oʻtgan prezident saylovlari natijalarini rad etadi. Chunki ular barcha tan olingan xalqaro meʼyorlar buzilishiga yoʻl qoʻyilgan holda oʻtgan.

“... Aleksandr Lukashenkoni Belarus prezidenti deb tan olmaydi”, - deyilgan hujjatda.

© Sputnik / Mixail Klimentyev

Yevropa parlamenti deputatlari 14-17 sentyabr kuni yalpi sessiyada Belarusdagi vaziyat, Aleksey Navalniy bilan bogʻliq vaziyat va Rossiya bilan munosabat kabi boshqa masalalarni muhokama qildi.

Belarusdagi ommaviy norozilik namoyishlari 9 avgust kuni, prezident saylovlarida oltinchi marotaba Lukashenko gʻalaba qozongach, boshlangan edi. MSK maʼlumotlariga koʻra, u 80,1 foiz ovoz olgan. Muxolifat saylovlarda Svetlana Tixanovskaya gʻalaba qozondi deya hisoblaydi. Tixanovskayaning oʻzi mamlakatni tark etishga qaror qildi va Litvaga yoʻl oldi.

Namoyishlarning ilk kunlarida kuch tuzilmasi xodimlari protest qatnashchilariga nisbatan koʻz yosh oqizuvchi gaz, vodomet, shovqin granatalari, rezina oʻqlarni ishlatishgan. Soʻngra huquq tartibot organlari mitinglarni tarqatishni va kuch metodlaridan foydalanishni toʻxtatishdi.

Rasmiy maʼlumotlarga, ilk kunlarda 6,7 mingdan ziyod qoʻlga olingan. IIV xabariga koʻra, tartibsizliklar davomida yuzlab odamlar jabrlangan, jumladan, 120dan ortiq kuch xodimlari ham. Belarus hukumati maʼlumotiga koʻra, uch kishi qurbon boʻlgan.

Mavzu boʻyicha

Qayerdadir bezdirgandirman - Lukashenko oʻz xalqining unga munosabati haqida
Lukashenko Navalniy haqidagi audioyozuvning eʼlon qilinmagan qismi borligini maʼlum qildi
Lukashenko oʻz lavozimida "biroz koʻp qolib ketganini" tan oldi
Lukashenko Latviya, Litva va Estoniyaning “qora roʻyxatiga” tushdi
Lukashenko Navalniyni nima uchun "zaharlashganini" aytib berdi - video
Lukashenko bayonoti: ODKB, jangarilar va rangli inqiloblar haqida
Lukashenko oʻz tarafdorlari oldida nutq soʻzladi - asosiy fikrlar
Lukashenko oʻz qarorgohiga qoʻlida avtomat bilan vertolyotda uchib keldi - video
Lukashenko Rossiya bilan integratsiyani davom ettirishga tayyorligini bildirdi
Badavlat burjuychalar va aytishniklarga hokimiyat kerak boʻlib qoldi - Lukashenko
Putin va Lukashenko bugun Sochida uchrashadi

Asosiy mavzular