07:21 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
37801

Yevroparlament Aleksey Navalniy bilan bogʻliq holat tufayli Rossiyaga qarshi sanktsiya kuchaytirishni talab qildi.

TOSHKENT, 17 sen — Sputnik. Yevroparlament Aleksey Navalniy bilan bogʻliq holat tufayli Rossiyaga qarshi sanktsiya kuchaytirishni talab qildi.

“Yevropa parlamenti <...> Aleksey Navalniy Korruptsiyaga qarshi kurashish fondi* tomonidan olib borilgan tekshiruv natijalariga asosan korruptsiyaga aloqador shaxslarning maʼlumotlarini yigʻish va Yevropadagi aktivlarini muzlatib qoʻyishga imkon beradigan bunday sanktsiyalar mexanizmini yaratishga qatʼiy suratda chaqiradi”, - deyilgan hujjatda.

Bundan tashqari, Yevroparlamenti barcha YEI mamlakatlarini "Shimoliy oqim 2" gaz quvuri qurilishining yakuniga yetkazishdan voz kechishga chaqiradi, shuningdek, inson huquqlari buzilish holatlari uchun maqsadli sanktsiyalarni tezroq joriy etishni talab qiladi.

Shuningdek, rezolyutsiyada Yevropa Ittifoqining Rossiya bilan munosabatlarini puxta strategik qayta baholashni boshlash va G7 kabi xalqaro forumlarda Moskvaning izolyatsiyasini davom ettirish zarurligi haqida aytilgan.

Bundan tashqari, yevropalik parlamentariylari Navalniy bilan bogʻliq vaziyatni zudlik bilan YEI, BMT, Yevropa Kengashi va Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti (OZXO) ishtirokida xalqaro tekshiruvni boshlashni talab qildilar.

Rezalyutsiyani qabul qilish uchun 532 deputat ovoz berdi, 84 kishi qarshi ovoz berdi, 72 kishi betaraf qoldi. Yevropa parlamentining qarori majburiy qonuniy kuchga ega emas.

* Korruptsiyaga qarshi kurashish jamgʻarmasi Adliya vazirligi tomonidan chet el agenti funktsiyalarini bajaradigan nodavlat notijorat tashkilotlari reyestriga kiritilgan.

Asosiy mavzular