Belarus Litva va Polsha bilan chegaralarni yopdi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishBelorussko-ukrainskaya granitsa
Belorussko-ukrainskaya granitsa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Lukashenko, ayni damda butun Yevropaning taqdiri hal bo‘layotganini va Belarus, hatto yolg‘iz qolsa ham, tiz cho‘kmasligini qat’iy ta’kidladi. 

TOShKENT, 18 sen - Sputnik. Belarus Litva va Polsha bilan chegaralarini yopdi. Bu haqida prezident Aleksandr Lukashenko xabar qildi. 

"Ularning ixtiyorida urush boshlashdan boshqa ko‘p imkoniyat qolmadi. Shu sababli biz qo‘shinlarni ko‘chalardan olib ketishga va armiyaning yarmisini qurollantirshga majburmiz. So‘nggi kunlarda men Rossiya prezidenti va mudofaa vaziri bilan Ittifoq davlatning umumiy himoyasini ta’minlashga, uzoq vaqtdan beri unutilgan harbiy o‘quv mashg‘ulotlarni yangilashga majburman", - dedi Lukashenko. 

Lukashenko, ayni damda nafaqat Belarusning balkim butun Yevropaning taqdiri hal bo‘layotganini va Belarus, hatto yolg‘iz qolsak ham, tiz cho‘kmasligini qat’iy ta’kidladi. 

"Hozir ular bosimning navbatdagi bosqichiga o‘tdi - shafqatsiz siyosiy va moliyaviy-diplomatik bosim. Qo‘shni mamlakatlar Belarusda bo‘lib o‘tgan saylovlar natijalarini tan olishni istamayapti va ular Venesuela ssenariysi bo‘yicha "guaydoxonni" topib olib uni prezident deb e’lon qilishmoqchi", - dedi Belarus prezidenti. 

Aleksandr Lukashenko aytishga ko‘ra, Belarusdagi tezkorlik bilan hukumatni egallab olish bo‘yicha "blikkrig" operatsiyasi amalga oshmadi. U bundan o‘nlab yillar oldin ham amalga oshmagan edi kelajakda ham amalga oshmaydi. 

"Men Belarus, Polsha yoki Litva, bizga taaluqli bo‘lmagan masalalar hal qilinadigan, harbiy harakatlar teatriga aylanishni istamayman. Men tinchliksevar odamman", - dedi Lukashenko. 

Eslatib o‘tamiz, Belarusda avgust boshida bo‘lib o‘tgan prezident saylovlaridan so‘ng norozilik namoyishlari boshlanib ketgan edi. Muxolifat hukumatni saylov natijalarini qalbakilashtirishda ayblab, ko‘chaga minglab odamlarni olib chiqqan edi. Belarus prezidenti ushbu harakatlar chetdan turib amalga oshirilayotgan fitna, aslida aksariyat aholi buni istamaydi. Lukashenko hukumat boshida uzoqroq qolib ketganini tan olib, Uonstitutsiyaga o‘zgartirish kiritib, qonuniy tartibda yangi saylovlar o‘tkazishni va’da bergan edi. 

Yangiliklar lentasi
0