11:28 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
161 0 0

Portal maʼlumotlariga koʻra, dunyoda hozirga qadar koronavirus infektsiyasini yuqtirgan insonlar soni 30 181 110 nafarga yetgan. Ulardan yarmidan koʻpi, koronavirusni yuqtirganlar soni eng koʻp boʻlgan uchta davlat hissasiga toʻgʻri keladi.

TOSHKENT, 18 sen - Sputnik. Dunyoda pandemiya boshlanganidan buyon aniqlangan koronavirus holatlari 30 milliondan oshib ketdi. Jonsa Xopkins tomonidan eʼlon qilingan maʼlumotlar shundan dalolat bermoqda.

Portal maʼlumotlariga koʻra, dunyoda hozirga qadar koronavirus infektsiyasini yuqtirgan insonlar soni 30 181 110 nafarga yetgan. Ulardan yarmidan koʻpi, koronavirusni yuqtirganlar soni eng koʻp boʻlgan uchta davlat hissasiga toʻgʻri keladi.

17 sentyabr kuni bir sutkada dunyo boʻyicha 314 ming kishi infektsiyani yuqtirgan.

Koronavirusga chalinish holati eng koʻp AQShda aniqlangan – 6,6 million holat, Hindistonda – 5,2 million va Braziliyada – 4,4 million. Rossiya 17 sentyabr holatiga koʻra 1,08 million koʻrsatkich bilan toʻrtinchi oʻrinda kelmoqda.

Infektsiya oqibatida 945 ming kishi vafot etgan (qurbonlar soni AQSH, Braziliya va Hindistonda eng koʻp).

Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotiga koʻra, 17 sentyabr soat 10.00 holatiga koʻra Oʻzbekistonda koronavirusga chalinish koʻrsatkichi 50 mingga yaqinlashgan.

Asosiy mavzular