22:21 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
580 0 0

Ushbu avtomobil Suriyadagi jangovor tajribadan kelib chiqqan holda, harbiylar talabiga muvofiq yasalgan. Undan razvedka-shturm harakatlarida, dushman hudududi ichkarisiga kirishda foydalanish mumkin.

TOSHKENT, 18 sen - Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlarining bir necha yildan buyon Suriya hududida olib borayotgan operatsiyasi ideal harbiy yoʻltanlamas avtomobilini yaratishga yordam berdi, deb yozmoqda Avtovzglyad. 

Yaqninda Moskvada boʻlib oʻtgan "Armiya-2020" harbiy texnika forumida Rossiya harbiy sanoatchilari "Tigr" zirhli avtomobilining yangi versiyasini namoyish qildi. Ushbu avtomobilni yaratishda Suriyada orttirilgan harbiy tajribadan keng foydalanilgan. 

Bronirovannыy "Tigr"-baggi

Xususan, yangi "Tigr" poʻlat zinapoya, plastik qanot va yangi yoritish chiroqlari, qoʻshimcha zirhli himoya va zavodda  oʻnatilgan videregistratorlarga ega boʻldi. 

Shuningdek, avtomobilga Xitoyda ishlab chiqilgan 3 pogʻonali avtomat korobka hamda Yaroslavlda ishlab chiqarilgan 240 ot kuchiga ega boʻlgan YAMZ-534 turbodizel dvigateli oʻrnatildi.

Bronirovannыy "Tigr"-baggi

Undan usti va yonlari ochiq, "baggi" koʻrinishidagi varianti ham ishlab chiqilgan. Uning eshiklari oʻrniga brezent matodan parda oʻrnatilgan. Injenerlar aytishiga koʻra, ushbu avtomobil Suriyadagi jangovor tajribadan kelib chiqqan holda, harbiylar talabiga muvofiq yasalgan. Avtomobildan razvedka-shturm harakatlarni amalga oshirishida, dushman hudududi  ichkarisiga kirishda foydalanish mumkin.  

Avtomobil 5 kishiga moʻljallangan boʻlib, yoʻlovchilarning har biri uchun alohida xavfsiz oʻrindiq oʻrnatilgan. 12,7 millimetrli KORD pulemyoti, 7,62 millimetrli "Pecheneg" nomli qoʻl pulemyotlari hamda RPB va PZRK tizimlari oʻrnatilgan. 

Avtomobilni koʻzdan kechirgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Shoygu uni yaqinda boʻlib oʻtadigan "Kavkaz-2020" qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashgʻulotlarida foydalanish mumkin. 

Bronirovannыy "Tigr"-baggi

Asosiy mavzular