Sobanin masofadan turib ishlashni davom ettirishni taklif qildi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishPrezentatsiya poyezda metro novogo pokoleniya "Moskva-2020"
Prezentatsiya poyezda metro novogo pokoleniya Moskva-2020 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskva meri tashkilot faoliyatiga zarar yetmagan taqdirda barchaga masofadan turib ishlashni maslahat berdi. Katta yoshli fuqarolardan imkon qadar aloqalarini cheklashni so‘radi.

TOShKENT, 18 sen - Sputnik. Moskva meri Sergey Sobanin koronavirus pandemiyasi tufayli poytaxtda masofadan turib ishlash va o‘qish tajribasini davom ettirishni taklif qildi. 

"Men, tashkiliy ko‘rinishidan qat’iy nazar barcha korxona va muassasa rahbarlariga, tashkilot ish faoliyatiga jiddiy zarar yetkazmagan taqdirda, , masofadan turib ishlash tartibini davom ettirishni maslahat bergan bo‘lardim", - dedi Moskva meri "Rossiya 24" telekanali efirida. - Ushbu takliflarni biz hech qachon bekor qilmaganmiz va hozir yana ularga qaytmoqchimiz va imkon qadar ularga amal qilishni so‘raymiz".  

Shuningdek, Sergey Sobaning katta yoshli fuqarolardan atrofdagilar bilan imkon qadar o‘z aloqalarini cheklashni so‘radi.

Sobanin aytishiga ko‘ra, bugungi kunda Moskvada vaziyat stabil. Kasallar soni oshishi o‘tkazilayotgan testlar soniga bog‘liq bo‘lmoqda. Maktablarda kasallik aniqlangan taqdirda - faqat o‘sha sinflar yopilmoqda. Bugungi kunda MOskva shahridagi maktablarning 99% - odatiy tartibda ishlamoqda. 

 

Yangiliklar lentasi
0