18:03 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
421 0 0

Avval boshdan odamlarga uydan 500 metr masofaga uzoqlashish taʼqiqlanishi rejalashtirilayotgan edi, ammo natijada hukumat ruxsat berilgan masofani bir kilometrgacha uzaytirdi.

TOSHKENT, 18 sen — Sputnik. Isroilda koronavirus tufayli takroriy umummilliy karantin kuchga kirdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Cheklovlar uch haftaga uzaytirilishi imkoni bilan kiritilmoqda. Karantin cheklovlari yahudiylarning kuzgi bayramlari vaqtida ham amal qiladi, deyiladi xabarda.

Avvalroq odamlarga uydan 500 metr masofaga uzoqlashishni taʼqiqlash rejalashtirilayotgan edi, ammo natijada hukumat ruxsat berilgan masofani bir kilometrgacha uzaytirdi.

Ruxsat etilgan masofadagi parklarga, bolalar maydonchalari va diniy ibodatlarga chiqish mumkin.

Bir kilometrdan ortiq masofaga faqatgina ishga, dori-darmonga, birinchi ehtiyoj tovarlari, ogʻir sharoitdagi odamlarga yordam, dafn marosimlari, sud yoki donorlik markaziga borish mumkin.

Shuningdek, norozilik aktsiyalarida ishtirok etish uchun ham karantin qoidalarini buzish mumkin.

Isroil hukumati mehmonga borish, plyajlarda dam olish, oʻn kishidan ortiq kompaniyalarda yigʻilishni cheklagan.

Taʼlim va koʻngilochar muassasalari, kafe, restoranlar va sport klublari, savdo markazlari, sartaroshxonalar va goʻzallik salonlari qatorida yopiq.

Ben Gurion nomidagi aeroport mamlakatga kelib-ketuvchilar uchun joriy etilgan qoidalar asosida oʻz ishini davom ettirmoqda. Isroilga chet elliklarning kelishi boʻyicha cheklovlar mart oyi oʻrtasidan boshlab amal qilmoqda.

Karantin cheklovlariga amal qilinishini minglab politsiyachilar nazorat qilishadi. Ular asosan tushuntirish ishlarini olib boradilar, "chidab boʻlmas" holatlar uchun jarimalar koʻzda tutilgan.

Takroriy karantinning zarurligini oʻzining maxsus murojaatida bosh vazir Binyamin Netanyaxu tushuntirib oʻtgan.

"Mening bosh vazir sifatidagi majburiyatlarim va masʼuliyatim nafaqat sizning sogʻligʻingiz, balki hayotingiz uchun ham qaygʻurishdan iborat. Agar geometrik progressiyada oʻsish bor ekan, siz buning nimaligini tushunishingizni istardim: bu faqatgina noqulaylik emas, bu faqatgina ogʻir kasallarning koʻpligi emas, bu shunday holatki, hatto kasalxona koykalari koʻpaytirilsa ham - biz ular sonini koʻpaytirdik, hatto zarur boʻlgan IVL apparatlari qoʻshilsa-da - biz uni ham qoʻshdik, hatto vrachlar va hamshiralar soni koʻpaytirilganidan keyin ham brigadalar kasallanish tezligini boshqara olmayaptilar - hamma narsaning oʻz chegarasi bor. Buning ortidan qurbonlar soni ortmoqda", — dedi u.

Povar gotovit v restorane v Parije yedu na vыnos
© AFP 2018 / FRANCK FIFE

Bosh vazir shuningdek, aholi va tadbirkorlarni iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash dasturi toʻgʻrisida ham toʻxtalib oʻtgan.

Dasturga koʻra, ayrim yuqori lavozimli davlat xizmatchilarining maoshini 10 foizga qisqartirish, biznesga yordam koʻrsatish kriteriylariga oʻzgartirish kiritish (bu tovar aylanmasi kamida 25 foizga pastlagan korxonalarga chiqimlarni qoplab berishni nazarda tutadi), pul toʻlovlarini tezlashtirilgan tartibda olish, mahalliy soliq toʻlovlarida yordam singari bandlarni oʻz ichiga olgan.

Isroil umummilliy karantinni takroran eʼlon qilgan birinchi davlatga aylandi. Karantin cheklovlari may oyida, bemorlar qayd etilishi sutkasiga bir nechtagacha pastlaganda bekor qilingan edi. Xususan, Sogʻliqni saqlash vazirligiga koʻra, Isroilda 16 may kuni faqatgina 2 kishi COVID-19ni yuqtirgan. Ammo iyun oyidan boshlab bemorlanish holatlari yana oʻsishni boshladi, sentyabr oʻrtalariga kelib sutkasiga olti minggacha yetdi. Pandemiya davomida 1169 kishi vafot etdi.

Asosiy mavzular