Lukashenko 5-noyabrdan prezident sifatida tan olinmaydi - Yevroparlament

© Sputnik / Viktor Tolochko / Mediabankka o‘tishMiting v podderjku deystvuyushego prezidenta Belorussii A. Lukashenko v Minske
Miting v podderjku deystvuyushego prezidenta Belorussii A. Lukashenko v Minske - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu hujjatda Yevroparlament belarus muxolifati muvofiqlashtirish kengashini "xalqning muvaqqat vakili" sifatida tan olgan va saylovlar o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlagan.

TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Yevroparlament Aleksandr Lukashenkoni 5-noyabrdan boshlab respublika rahbari deb hisoblashdan to‘xtashlari haqida bayonot berdi.

Boysi OMONa na aksii protesta storonnikov oppozitsii v Minske - Sputnik O‘zbekiston
Belarus YeI sanksiyalariga xalqaro tashkilotlardan chiqish bilan javob qaytaradi - Makey

"Amaldagi atoritar yetakchi Aleksandr Lukashenkoning vakolatlari muddati tugashi bilan <…>, parlment uni mamlakat prezidenti sifatida boshqa tan olmaydi", - deyiladi rezolyutsiyada.

Shu hujjatda Yevroparlament belarus muxolifati muvofiqlashtirish kengashini "xalqning muvaqqat vakili" sifatida tan olgan va saylovlar o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlagan. Shuningdek, Yevroparlament Lukashenkoga nisbatan ehtimoliy sanksiyalarni ham qo‘llab-quvvatlagan.

Belarus TIV Yevroparlamentning ushbu harakatlaridan ixlosi qaytganligini ma’lum qildi. Idora, shuningdek, o‘zini xolis va demokratik tuzilma sifatida namoyish etadigan ushbu tashkilot "burnidan nariroqqa qarashga" o‘zida siyosiy iroda topa olmaganligini qayd etgan.

Respublika kengashida rezolyutsiyaning qabul qilinishi davlatning ichki ishlariga aralashuv sifatida baholandi. Rossiya Davlat dumasi spikeri Vacheslav Volodin ham ushbu hujjatga "ichki aralashuv" sifatida baho bergan edi. Volodinga ko‘ra, rezolyutsiyaning qabul qilinishi mamlakatdagi hukumat organlarini almashtirishga bo‘lgan urinishdir.

Belorussko-ukrainskaya granitsa - Sputnik O‘zbekiston
Belarus Litva va Polsha bilan chegaralarni yopdi

Belarusdagi voqealar

Belarusdagi ommaviy protestlar 9-avgust kuni, prezident saylovlarida oltinchi marotaba Lukashenko g‘alaba qozongach boshlangan edi. MSK ma’lumotlariga ko‘ra, u 80,1 foiz ovoz olgan. Oppozitsiya saylovlarda Svetlana Tixanovskaya g‘alaba qozondi, deya hisoblaydi. Tixanovskayaning o‘zi mamlakatni tark etishga qaror qildi va Litvaga yo‘l oldi.

Aksiyaning ilk kunlarida kuch tuzilmasi xodimlari protest qatnashchilariga nisbatan ko‘z yosh chiqaruvchi gaz, vodomet, shovqin granatalari, rezina o‘qlarni ishlatishgan. So‘ngra, huquq tartibot organlari mitinglarni tarqatishni va kuch metodlaridan foydalanishni to‘xtatishdi.

Rasmiy ma’lumotlarga, ilk kunlarda 6,7 mingdan ziyod qo‘lga olingan. IIV xabariga ko‘ra, tartibsizliklar davomida yuzlab odamlar jabrlangan, jumladan, 120dan ortiq kuch xodimlari ham. Belarus hukumati ma’lumotiga ko‘ra, uch kishi qurbon bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0