05:57 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
801 0 0

Tu-160 bombardimonchi samolyotlari parvozi yoʻnalishi Shimoliy Muz okeani, Tinch okeani, Karsk dengizi, Laptevlar, Shariy-Sibir, Chukotka, Barentsevo dengizlarining neytral hududlari boʻylab oʻtgan.

TOSHKENT, 20 sen — Sputnik. Rossiyaning Tu-160 strategik bombardimonchi samolyotlari 19 sentyabr kuni yangi jahon rekordini oʻrnatdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

“Bugun uzoq parvozlar ikki ekipaji Tu-160 strategik raketa tashuvchilarida uzoqqa parvoz qilish va parvoz davomiyligi boʻyicha yangi rekord oʻrnatishdi. Rossiya HKK uchuvchilari 25 soatdan koʻproq vaqt havoda boʻlib, 20 ming kilometrdan ortiq masofani uchib oʻtishdi”, - Rossiya Havo-kosmik kuchlari uzoq parvozlar qoʻmondoni, general-leytenant Sergey Kobilash.  

Kobilash ushbu toifa samolyotlarda hali hech kim bundan uzoqqa uchmaganligini qoʻshimcha qildi.

2010 yildagi avvalgi rekordni ham Tu-160 oʻrnatgan. Oʻshanda parvoz 24 soatu 24 daqiqa davom etgan.

Tu-160 bombardimonchi samolyotlari parvozi  yoʻnalishi Shimoliy Muz okeani, Tinch okeani, Karsk dengizi, Laptevlar, Shariy-Sibir, Chukotka, Barentsevo dengizlarining neytral hududlari boʻylab oʻtgan.

Amerika jurnali Rossiyaning eng xavfli jangovar samolyotini aytdi

Parvoz va qoʻnish Saratov viloyatidagi Engels aerodromida sodir boʻldi. Toʻxtovsiz parvoz paytida Tu-160 samolyoti olti va Il-78 samolyoti uch marotaba havoda yonilgʻi quyishni amalga oshirdi. Marshrutning ayrim bosqichlarida raketa tashuvchilarga Su-35 qiruvchilari, shuningdek, xorijiy davlatlarning samolyotlari hamrohlik qildi. Rossiya bombardimonchilarining parvozi havo hududidan foydalanish boʻyicha xalqaro qoidalarga qatʼiy rioya qilingan holda amalga oshirilgan.

Asosiy mavzular