14:56 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
10600

Avvalroq CNN telekanali oʻz manbasiga tayangan holda Amerika yetakchisiga zaharli modda solingan maktub joʻnatilgani haqida xabar tarqatgan edi.

TOSHKENT, 21 sen — Sputnik. Kanada va AQSH chegarasida AQSH prezidenti Donald Trampga ritsin zaharli moddasi solingan maktub joʻnatishda gumon qilingan shaxs ushlandi. Bu haqda NBC telekanali manbasiga tayangan holda xabar bermoqda.

Avvalroq maktub Kanadadan joʻnatilgani maʼlum qilingan edi.   

CNN telekanali, oʻz navbatida, AQShga kirishga uringan va zahar joʻnatishda gumon qilinishda ayol kishi qoʻlga olinganini xabar qilmoqda. Aniqlik kiritilishicha, u qurollangan boʻlgan.

Boshqa tafsilotlar ochiqlanmagan.

19 sentyabr kuni CNN telekanali oʻz manbalariga tayangan holda Amerika yetakchisiga zaharli modda solingan maktub joʻnatilgani haqida xabar tarqatgan edi.

Maktub ichida oʻta xavfli ritsin moddasi boʻlgan. Keyinroq FQB zaharli joʻnatma ushlab qolinganini tasdiqlagan.   

Teglar:
Donald Tramp, AQSH

Asosiy mavzular