22:14 28 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
190 0 0

Rossiya prezidenti hukumatga 15 oktyabrga qadar Belarusga “Sputnik V” vaktsinasini yetkazib berish muhlatini belgilash boʻyicha topshiriq berdi.

TOSHKENT, 21 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumatga 15 oktyabrga qadar Belarusga “Sputnik V” vaktsinasini yetkazib berish muhlatini belgilash boʻyicha topshiriq berdi. Bu haqda Kreml rasmiy saytida xabar qilindi.

“Belarus Respublikasiga “Sputnik V” vaktsinasini yetkazib berish muhlati belgilansin”, - deyilgan topshiriqda.

Taʼkidlanishicha, bu haqdagi hisobot 2020 yil 15 oktyabrga qadar taqdim etilishi darkor.

Shuningdek, Putin hukumatga Belarusning mahalliy vaktsinaning roʻyxatga olingandan keyingi sinovlarda ishtirok etish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish topshirigʻini bergan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Belarus koronavirusga qarshi Rossiya vaktsinasi sinovlarini boshlayotgani xabar qilingan edi.

Rossiyaning Gamaleya instituti tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi vaktsina dunyoda birinchi boʻlib 11 avgust kuni roʻyxatga olindi va u “Sputnik V” deb nomlandi.  8 sentyabr kuni u keng muomalaga chiqarildi. 9 sentyabr kuni esa u bilan Moskvada koʻngillilarni koronavirusga qarshi emlash boshlandi.

Teglar:
Sputnik V, vaktsina, koronavirus, Belarus, Rossiya

Asosiy mavzular