06:59 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
1179 0 0

Nima xohlasam shuni qilaman - yoki "layk" uchun hamma narsa mumkinmi? Uralda biznesmenniy oʻgʻli uning haydovchisini mashinasini pachoqlab tashladi.

TOSHKENT, 21 sen - Sputnik. Rossiyaning Ural oʻlkasida traktor bilan neksiyani pachoqlash holati aks etgan video internetda keng tarqaldi, "KP" nashriga asosan.  

Sverdlovsk viloyati Kalinovo posyolkasida olingan videoda mahalliy biznesmenning Dmitriy ismli oʻgʻli traktor bilan "Nexia 2" avtomobilini pachoqlab bir uyum metallomga aylantirib tashlagani aks etgan. 

Jurnalistlar voqea sababini bilish maqsadida Dmitriy bilan bogʻlanishganda u - Moshina meniki, nima xohlasam shuni qilaman, deb javob qaytargan. Shuningdek voqea sodir boʻlganda u mast boʻlmaganini aytgan. 

Shundan soʻng jurnalistlar uning otasi, biznesmen Eduard Odnoralenko bilan bogʻlanishgan. Maʼlum boʻlishicha pachoqlangan avtomobil uning Nikolay ismli haydovchisiga tegishli boʻlgan.  

- Nima ham derdim... Ikki ahmoq! Bittasi yosh ikkinchisi kattaroq. Shunday yoʻl bilan "layk" toʻplamoqchi boʻlishibdi", - deb javob qaytargan Odnoralenko.

Biznesmen aytishiga koʻra, "Nexia" egasi va uning oʻgʻli orasida hech qanday mojaro boʻlmagan. Ushbu moshinani Nikolay oʻtgan yili sotib olgan.

Asosiy mavzular