22:22 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1220)
127140

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Rossiyaga koronavirusning yangi shtammiga qarshi ishlab chiqilgan vaktsina uchun minnatdorchilik bildirdi.

TOSHKENT, 21 sen — Sputnik. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti koronavirusning yangi shtammiga qarshi ishlab chiqilgan vaktsina uchun Rossiyaga minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi rahbari Xans Kluge maʼlum qildi.

JSST vakili Rossiyada yaratilgan vaktsina xavfsizligi va samaradorligiga eʼtiborni qaratdi.

“Men Rossiyaga xavfsiz va samarali vaktsinani yaratish boʻyicha ajoyib harakatlar uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman”, - dedi Klyuge.

Rossiya shu yilning yanvar oyida koronavirusga qarshi vaktsinani ixtiro qilishga kirishdi. Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligi avgust oyida dunyodagi birinchi COVID-19  vaktsinasini roʻyxatdan oʻtkazdi.

Mutaxassislar tadqiqot natijalariga koʻra, vaktsinani xavfsiz deb tan olishdi va u koronavirusga qarshi immunitetni shakllantirishga imkon berishini taʼkidlashdi.

JSST boshidan Rossiyaning koronavirus vaktsinasiga qiziqish bildirgan. Sentyabr oyining boshlarida mashhur tibbiyot jurnali The Lancet Rossiya “Sputnik V” vaktsinasi klinik sinovlarining ikki bosqich natijalarini eʼlon qildi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1220)

Asosiy mavzular