12:56 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
85610

Avstraliyada bukri kit timsohlarga toʻla daryoga tasodifan suzib keldi. Ikki haftadan soʻng u ochiq dengizga qaytishga muvaffaq boʻldi.

TOSHKENT, 21 sen — Sputnik. Avstraliyaning Kakadu milliy bogʻida bukri kit timsohlar toʻla daryoga tasodifan suzib keldi. Ikki haftadan soʻng kit ochiq dengizga qaytishga muvaffaq boʻldi. ABC telekanali xabariga asosan.

Oldinroq daryo boʻyida baliq ovlashga ketgan dengiz ekologlari 2 sentyabr kuni uchta bukri kitni koʻrishgandi. Keyinchalik ulardan ikkitasi dengizga qaytishga muvaffaq boʻldi. Taʼkidlanishicha, tarixda ilk bor Kakadu milliy bogʻning daryosida 20 kilometr narida kitni koʻrishgandi.

Juma kuni kit sayozlikka suzib kelganda, olimlar tashvishga tushdilar.

"Kit loyga botgan edi, ammo koʻrinishi yaxshi edi", - deydi Kerol Palmer, Avstraliya Shimoliy Hududi hukumati olimi.

Olimlar kitni qutqarishning koʻplab variantlarini, shu jumladan uni qoʻrqitish va orqaga suzish uchun baland tovushlardan foydalanish usullarini koʻrishgandi. Yaxshiyamki, kit yakshanba kuni dengizga qaytishga muvaffaq boʻldi.

Asosiy mavzular