Rossiyada yana bir COVID-19 ga qarshi vaksina sinoviga ruxsat berildi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishSotrudnitsa laboratorii provodit ispitaniya vaksini ot COVID-19 v sentre Gamalei
Sotrudnitsa laboratorii provodit ispitaniya vaksini ot COVID-19 v sentre Gamalei - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada koronavirusga qarshi uchinchi vaksinaning klinik sinovlariga ruxsat berildi. U Chumakov nomidagi Ilmiy markaz tomonidan yaratilgan.

TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi Chumakov nomidagi Ilmiy markaz tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlariga ruxsatnoma berdi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, vaksina sinovlarida uch mingdan ziyod ko‘ngilli ishtirok etadi va bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti talablariga muvofiq keladi.

Vaksina protiv novoy koronavirusnoy infeksii vpervie v mire zaregistrirovana v Rossii 11-avgusta - Sputnik O‘zbekiston
JSST koronavirusga qarshi vaksina uchun Rossiyaga minnatdorchilik bildirdi

Vaksinaning klinik sinovlari yaqin kunlarda Kirov, Sankt-Peterburg va Novosibirskda boshlanadi. Ko‘ngillilar emlangandan so‘ng 16 kun statsionarda bo‘ladi.

Vaksinaning klinik sinovlari joriy yilning noyabr oyida yakunlanishi kutilmoqda.

Rossiya dunyodagi birinchi koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini avgust oyida ro‘yxatga oldi. U Gamaleya nomidagi markaz tomonidan yaratilgan va Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilmoqda.

Shuningdek, Rossiyada “Vektor” markazi tomonidan yaratilgan vaksina klinik sinovdan o‘tmoqda. Kuni kecha O‘zbekiston aynan “Vektor” markazi tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi vaksina sinovlarida ishtirok etishga qiziqish bildirgani ma’lum bo‘lgan edi.

Yangiliklar lentasi
0