09:41 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
94001

Olimning soʻzlariga koʻra, agar uning taxmini tasdiqlansa, insonlar denge bezgagiga qarshi emlanib, koronavirusga muayyan immunitet olishlari mumkin.

TOSHKENT, 22 sen — Sputnik. Denge bezgagi kasalligini boshdan kechirganlarda COVID-19 ga immunitet hosil boʻlishi mumkin. Bu haqda “Reuters” agentligi Dyuk Universiteti professori Migel Nikolelisning hali eʼlon qilinmagan tadqiqotiga tayangan holda xabar qilmoqda.

Amerikalik olim soʻnggi yillarda denge bezgagi avj olishi qayd etilgan joylarda koronavirus sekinlik bilan tarqalishini aniqlagan.

Taʼkidlanishicha, bu kashfiyot denge flavivirusi va SARS-CoV-2 serotiplari oʻrtasidagi immunologik oʻzaro reaktiv imkoniyatini bildirishi mumkin.

Nikolelisning soʻzlariga koʻra, agar uning taxmini tasdiqlansa, insonlar denge bezgagiga qarshi emlanib, koronavirusga muayyan immunitetga ega boʻlishlari mumkin.

Asosiy mavzular