Sirtqi kredit? Tixanovskaya Yevropa ittifoqidan yordam paketi xususida kelishuvga erishdi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishKandidat v prezidenti Belarusi Svetlana Tixanovskaya vo vremya predvibornogo mitinga v parke Drujbi Narodov v Minske
Kandidat v prezidenti Belarusi Svetlana Tixanovskaya vo vremya predvibornogo mitinga v parke Drujbi Narodov v Minske - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tixanovskaya dushanba kuni Brusselda bo‘lib, YeI mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari, shu jumladan Yevroparlament a’zolari bilan uchrashuvlar o‘tkazgan edi.

TOShKENT, 22 sen – Sputnik. Belarus prezidenti lavozimiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya Brusselda respublikada yuz beradigan "demokratik o‘zgarishlardan so‘ng" Yevroittifoq tomonidan yordam paketi xususida kelishuvga erishdi, deb xabar qildi seshanba kuni Tixanovskaya matbuot-xizmati.

Nosog‘lom faollik: Amerika Belarus chegarasi yaqinida nimadir qilmoqda

Tixanovskaya dushanba kuni Brusselda bo‘lib, YeI mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari, shu jumladan Yevroparlament a’zolari bilan uchrashuvlar o‘tkazgan edi.

"Svetlana Tixanovskaya Brusselga tashrifini yakunladi, u yerda Yevroittifoq TIV rahbarlari, shuningdek, YeI diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel, Yevroparlament prezidenti David Sassoli bilan uchrashdi, yevrodeputatlar oldida chiqish qildi... Shuningdek, Svetlana Tixanovskaya Belarusga demokratik o‘zgarishlardan keyin yordam paketi ko‘rsatilishi xususida kelishuvga erishdi", - deyiladi Tixanovskaya matbuot-xizmati Telegram-kanalida.

O‘tgan haftada Belarus muvofiqlashtirish kengashi prezidiumi a’zosi Pavel Latushko muholifat Yevroittifoqdan respublikada hukumat o‘zgarishi va u demokratizatsiya yo‘liga turganida 4 milliard dollar olishga umid qilayotgani haqida ma’lum qilgan edi.

Sotrudniki pravooxranitelnix organov vo vremya aksii protesta v Minske - Sputnik O‘zbekiston
AQSh va Yevropa mamlakatlari Belarus bo‘yicha qo‘shma bayonot matnini e’lon qilishdi

Sal avval respublikada bo‘lib o‘tgan prezident saylovlari yakunlaridan norozi bo‘lgan Belarus muholifat vakillari hukumat tranziti bo‘yicha muvofiqlashtirish kengashini tuzgan edilar. Ular Tixanovskayani saylangan yetakchi sifatida tan olishmoqda va mamlakatda yangi saylovlar o‘tkazilishini talab qilishmoqda. Belarus Bosh prokuraturasi MK tashkil etilishi munosabati bilan hukumatni bosib olishga da’vat moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘adi. Ayni vaqtga kelib MK prezidiumining yetti a’zosidan besh nafari hibsga olingan yoki chet elda bo‘lib turibdi. Mufoviqlashtirish kengashi tashabbuskori bo‘lgan Tixanovskaya, saylovlardan so‘ng xavfsizlik maqsadida Litvaga chiqib ketgan.

Prezident RF V. Putin - Sputnik O‘zbekiston
Belarus, koronavirus va iqtisod. Putin katta intervyusi

Belarusda ommaviy norozilik aksiyalari 9-avgustdan keyin, bo‘lib o‘tgan prezident saylovlarida amaldagi yetakchi Aleksandr Lukashenko g‘olib chiqqanidan so‘ng boshlangan edi. MSK ma’lumotlariga ko‘ra Lukashenko 80,1 % ovoz olgan. Birinchi kunlarda aksiyalar kuch tuzilmalari tomonidan bostirildi, norozichilarga nisbatan ko‘z yosh keltiruvchi gaz, shovqin granatalari, vodometlar, rezinali o‘qlar qo‘llanildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, birinchi kunlarda 6,7 ming kishi qo‘lga olingan. Respublika IIV ma’lumotlariga ko‘ra, tartibsizliklar davomida yuzlab insonlar jabrlangan, shu jumladan, 130 nafar huquq-tartibot xodimlari ham. Saylovlar yakunlangach bir oy davmida aksiyalar ham ish ham dam olish kunlari o‘tkazildi. Lukashenkoning tarafdorlari ham uni qo‘llab-quvvatlab tadbirlar o‘tkazib kelmoqdalar.

Yangiliklar lentasi
0