Tramp koronavirus uchun Xitoyni jazolashlarini xohlamoqda. Pekin javoban nozik shama qildi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishPrezident SShA Donald Tramp vistupayet v Vashingtone na prazdnovanii Dnya nezavisimosti SShA.
Prezident SShA Donald Tramp vistupayet v Vashingtone na prazdnovanii Dnya nezavisimosti SShA. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘z videomurojaatida u kelgusi yil davlatlar yetakchilari shaxsan yig‘ilishlariga, "va u tariximizdagi, hatto, jahon tarixidagi eng buyuk yillardan biri bo‘lishiga" ishonch bildirdi.

TOShKENT, 22 sen - Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp, BMT Bosh Assambleyasining oliy darajadagi yig‘ilishida qilgan chiqishida koronavirusni tarqatgani uchun Xitoyni aybladi va infeksiyaning tarqalib ketganligi tufayli uni jazolashga chaqirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Glava MID RF Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston
Lavrov ODKB nomidan BMT Bosh Assambleyasida chiqish qildi

"Virusning ilk kunlaridayoq Xitoy mamlakat ichida harakatlanishni to‘xtatdi, biroq samolyotlarga Xitoyni tarq etishga va bu bilan dunyoga virusni yoyishga ruxsat berdi… Birlashgan Millatlar Tashkiloti bu harakatlari uchun Xitoyni javobgarlikka tortmog‘i lozim", - dedi u.

O‘z videomurojaatida u kelgusi yil davlatlar yetakchilari shaxsan yig‘ilishlariga, "va u tariximizdagi, va to‘g‘risi, jahon tarixidagi eng buyuk yillardan biri bo‘lishiga" ishonch bildirdi.

Tramp BMT jahondagi mavjud ayni muammolarga, jumladan, terrorizm, ayollarning zo‘rlikka uchrashlari, narkotrafik, odam savdosi va seks-savdo, etnik tozalashlar, diniy motivlar bo‘yicha ta’qib va diniy ozchiliklarning etnik tozalanishlari singari muammolarga e’tiborni jalb qilish zarurligini qayd etdi.

Amerika prezidenti o‘z nutqi davomida biror marta Rossiyani tilga olmagan.

Gospital COVID-19 v SITO im. N. N. Priorova - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston kuz mavsumida koronavirus infeksiyasining ikkinchi to‘lqiniga tayyormi?

Tramp Xitoyni ayblagani haqidagi xabarlar tarqalishi bilan XXRning BMT huzuridagi doimiy vakili Chjan Szun Pekin AQSh tomonidan bildirilayotgan koronavirus tarqalishi bo‘yicha barcha ayblovlarni rad etishini ma’lum qildi.

"Bizning (dunyo hamjamiyatining, - tahr.) bir yoqlama yondashuv, sig‘dirmaslik amaliyoti singari muammolarimiz mavjud. Dunyo ikkilanish yoqasida. Ayni vaqtda dunyo qarama-qarshilik emas, ko‘proq hamjihatlik va hamkorlikka muhtoj. Biz siyosiy virusni tarqatishimiz emas, o‘zaro hurmatni ko‘paytirishimiz kerak", – degan Jan Szun. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Sal oldin BMT bosh kotibi dunyoni AQSh va Xitoy tufayli harbiy bo‘linish xavfi mavjudligi haqida ogohlantirgan edi.

Yangiliklar lentasi
0