09:16 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
204 0 0

Avvalroq Vladimir Putin BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida soʻzlagan nutqida tashkilot xodimlariga bepul vaktsina taqdim etish taklifini bildirgan edi.

TOSHKENT, 23 sen — Sputnik. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Rossiya prezidenti Vladimir Putinga koronavirusga qarshi vaktsina taqdim etish taklif uchun minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

“Biz prezident Putinga uning himmatli taklifi uchun minnatdorchilik bildiramiz. U tibbiy xizmatimiz tomonidan oʻrganib chiqiladi”, - deya maʼlum qilgan BMT bosh kotibining maxsus vakili ofisi.

Avvalroq Vladimir Putin videokonferentsiya shaklida oʻtayotgan BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida soʻzlagan nutqida tashkilot xodimlariga bepul vaktsina taqdim etish taklifini bildirgan edi.

Rossiya dunyodagi birinchi koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasini avgust oyida roʻyxatga oldi. U Gamaleya nomidagi markaz tomonidan yaratilgan va Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilmoqda.

Tirik vaktsina xorijga ommaviy yetkazib berilmaydi - Gamaleya markazi direktori

Shuningdek, Rossiyada “Vektor” markazi tomonidan yaratilgan vaktsina klinik sinovdan oʻtmoqda. Kuni kecha Rossiya SSV Chumakov nomidagi Ilmiy markaz tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi vaktsinaning klinik sinovlariga ruxsatnoma berdi.

Asosiy mavzular