21:58 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
158 0 0

Inauguratsiyasi marosimi Mustaqillik saroyida boʻlib oʻtmoqda. MSK raisi Aleksandr Lukashenko davlat rahbari guvohnomasini topshirdi.

TOSHKENT, 23 sen — Sputnik. Aleksandr Lukashenko Belarus prezidenti vazifasini bajarishga kirishdi. Bu haqda Sputnik Belarus xabar qilmoqda.

Inauguratsiyasi marosimi Mustaqillik saroyida boʻlib oʻtmoqda. Marosimga bir necha yuz kishi taklif qilingan. Unda amaldorlar, deputatlar, madaniyat va sport arboblari, OAV rahbarlari va boshqalar ishtirok etmoqda.

Yangi saylangan davlat rahbari oʻng qoʻlini Konstituttsiya ustiga qoʻyib, belorus tilida qasamyod qildi. Shundan soʻng MSK raisi unga davlat rahbari guvohnomasini topshirdi.

Belarusda prezident saylovlari 9 avgust kuni boʻlib oʻtdi. Lukashenko nomzodini yoqlab, saylovchilarning 80,1 foizi ovoz berdi. Bu uning oltinchi marotaba Belarus prezidenti sifatida saylanishi.

Muxolifat Belarusdagi saylov natijalarini tan olmadi va mamlakatda norozilik namoyishlari boshlanib ketdi. Ular shu tariqa oʻzlarining saylov natijalaridan rozi emasliklarini bildirishdi.

Asosiy mavzular