AQSh BMTni yakson qilishga tayyor, Rossiya esa uni qutqarib qolmoqchi

© AFP 2023 / HAZEM BADERFlag OON
Flag OON - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Putin BMT - xalqaro hamkorlik tizimi uchun insoniyat 75-yil oldin ulkan narx to‘langanini va Rossiya uni saqlab qolish uchun oxirigacha kurashishini bildirdi.

Masofaviy tartibda bo‘lib o‘tayotgan BMT Bosh Assambleyasining 75-yubiley sessiyasi, rahbarlarning odatiy chiqishlariga qaraganda, kutilmaganda ko‘ra tahlil uchun ko‘proq ma’lumot berdi. Davlat rahabarlari suratga olingan muhitning o‘zida ham bir talay ramziy ma’no bor.

Prezident SShA Donald Tramp vistupayet v Vashingtone na prazdnovanii Dnya nezavisimosti SShA. - Sputnik O‘zbekiston
Tramp koronavirus uchun Xitoyni jazolashlarini xohlamoqda. Pekin javoban nozik shama qildi

Dunyo auditoriyasida, albatta, planetaning eng kuchli uch nafar rahbarlari chiqishi eng katta qiziqish uyg‘otdi.

Donald Trampning chiqishi – ko‘proq yana bir saylovoldi tadbirini eslatdi. AQSh prezidenti o‘zining nafaqat Xitoyga qarshi qaratilgan tashqi siyosatini, balkim umuman Amerikaning BMTga bo‘lgan mensimaslik va takabburligini namoyish etdi.  

Tramp Oq uyning odatiy ko‘rinishida, AQSh va amerika prezidenti bayrog‘i yonida, va ushbu murojaat xalqaro auditoriyaga qaratilganini anglatadigan birorta belgi bo‘lmagan muhitda nutq so‘zladi.

Amerika rahbari oldin bir necha bor o‘z davlati BMTning eng yirik moliya manbai ekanini, demak u Vashingtonga bo‘y sunishi kerakligini va uning buyruqlarini bajarishi kerakligini aytib o‘tgan edi. Albatta AQShning oldingi prezidentlari ham shunday o‘ylagandi, lekin Tramp birinchi bo‘lib buni baralla e’lon qildi. Ustiga ustak, agar BMT AQShning gapiga kirmasa nima bo‘lishi aytib po‘pisa ham qilgan edi...

Sentralniy bank Kitaya - Sputnik O‘zbekiston
Boshlandi. Xitoy AQShga birinchi moliyaviy zarbani beradi

Rossiya OAVlari qayd etishiga ko‘ra, amerika prezidenti o‘z nutqida biror marotaba ham Rossiyani tilga olmagan. Xitoy nomini bo‘lsa 12 marotaba aytib o‘tgan. Tramp nutqining asl maqsadi ham ana shunday – mutlaq Xitoyga qarshi qaratilgan, janjalkash ruhda bo‘ldi. U koronavirusni “Xitoy virusi” deb atadi va uning dunyoga tarqalishi uchun Pekinni jazolashni talab qildi.

BMTning mavjud an’analari va qoidalariga zid bo‘lgan AQSh prezidentining nutqi Xitoy uchun kutilmagan yangilik bo‘lmadi. BMTdagi Xitoy vakili Chjan Szun  unga tezkorlik va topqirlik bilan javob qaytardi.

Si Szinpin nutqi odatiy vazminlik bilan, hozirgi zamonning eng o‘tkir muammolariga va birinchi navbatda COVID-19ga qarshi kurash choralariga bag‘ishlangan bo‘ldi.

XXR rahbari buyuk Xitoy devori va Xitoy tabiatining betakror chiroyli manzaralari fonida nutq so‘zladi. Bu bilan Si Szinpin nimaga shama qilayotganini tushunish qiyin emasdi: uning ortida har qanday tashqi chaqiriqqa javob berishga qodir bo‘lgan, ulkan va qadimiy mamlakat turibdi.

AQSh va Xitoy rahbarlari chiqishlaridan farqli o‘laroq, Rossiya rahbarining nutqi eng an’anaviy ko‘rinishda bo‘ldi. Bu Putin ko‘targan hozirgi zamonning chuqur ildizli muammolardan tortib uning ortida turgan BMT  bayrog‘igacha aks etdi. Nutqning o‘zi ham xalqaro tadbirlarga xos – faqat qog‘ozda yozilgan matnni o‘qish shaklida bo‘ldi.

LIVE_SPUTNIK: Mirovie lideri prinimayut uchastie v Generalnoy Assamblee OON - Sputnik O‘zbekiston
COVID, qurol va tinchlik. Putinning BMTdagi chiqishi

Rossiya rahbari Yer sharida strategik barqarorlikni saqlash, tarixni bo‘lg‘ashga yo‘l qo‘ymaslik, qurol-aslahalarni nazorat qilish, koronavirusga qarshi xalqaro hamjamiyat kollektiv bo‘lib kurashishi haqida bo‘ldi.

Ma’no jihatdan ham, ko‘rinish jihatdan ham bu dunyoning tobora xaosga tushib ketayotganini kuzatib turgan davlat rahbari emas, vaziyat eng yomon tus olishiga qrashi kurashayotgan rahbarning so‘zi bo‘ldi.

Putin dunyoda 75-yildan buyon mavjud bo‘lgan xalqaro hamkorlik tizimi uchun insoniyat ulkan narx to‘langanini  yana bir bor eslatib o‘tdi. Ushbu tizim uchun o‘z vaqtida eng katta hissa qo‘shgan Rossiya, har doim planeta ishongan sog‘lom fikr va barqarorlik oroli sifatida saqlanib qolishini bildirdi.  

Yangiliklar lentasi
0