21:52 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
23420

Rossiyalik olimlar antibiotiklar taʼsir qilmaydigan zamburugʻ va bakteriyalarga qarshi samarali dori vositasini aniqlashdi.

TOSHKENT, 23 sent — Sputnik. Tyumen davlat universiteti (TyumGU) olimlari rossiyalik hamkasabalari bilan birgalikda patogenlarning dori vositalariga qarshiligini yenga oladigan  universal tabiiy antibiotik topishdi. Ushbu ilmiy ish matni Applied Biochemistry and Microbiology jurnalida chop etilgan. RIA Novosti xabariga asosan.

Yangilik kashfiyotchilari ushbu modda inson va hayvonlarga aksariyat bakteriya va griboklarga qarshi samarali kurashda yordam berishi mumkin.

Olimlar aytishiga qaraganda, farmakologiyaning asosiy vazifalaridan biri – bu mavjud antibiotiklar taʼsir qilmaydigan mikroorganizmlarga (MDR, XDR) qarshi tabiiy antibiotik topishdir.  

TyumGU olimlari Emericellopsis alkalina zamburugʻidan olinadigan emeritsillipsina A peptidining unikal xususiyatini aniqlashdi.  Ushbu modda bakteriyalarda bioplyonka paydo boʻlishini oldini oladi va natijada ularning antibiotiklarga qarshilik koʻrsatish xususiyati yoʻqoladi.

Ixtiro muallifi aytishiga koʻra, yangi moddaning asosiy davolash xususiyati – uning universalligidadir. Emeritsillipsinom A nafaqat MDR va XDR bakteriyalarga, bialkim barcha patogen eukariotlarga qarshi taʼsir qiladi. Masalan — mitsellial zamburugʻlar va drojjlar.

"Emeritsillipsin A eukariotlar va prokariotlarga molekulyar darajada taʼsir qiladi. Eukariotlar — zamburugʻ va oʻsimta hujayralari— ularning hujayra membranasi parchalanishi oqibatida, Prokariotlar esa – biopleyonka yoʻq qilinishi oqibatida yoʻq qilinadi", — deydi TyumGUning X-BIO labaratoriyasi katta ilmiy xodimi Yevgeniy Rogojin.

Olimlar taʼkidlashiga koʻra, emeritsillipsin A – oʻsimtalarga va turli bakteriya hamda griboklarga qarshi kurashda yordam berishi mumkin. Ushbu modda boshqa dorilar tarkibiga kiritilishi yoki mustaqil davolovchi vosita boʻlishi ham mumkin. Preparat inʼyektsiya yoki yaraga toʻgʻridan-toʻgʻri surkash orqali qoʻllanilishi mumkin.

Yangi preparat yaratishda G.F. Gauze nomidagi yangi antibiotiklar topish ilmiy instituti, Rospotrebnadzor Epidemiologiya  Markaziy Ilmiy tekshirish instituti hamda RFAning M.M. Shemyakin va YU.A. Ovchinnikov nomidagi  Boiorganik kimyo instituti olimlari ham yordam berishgan.

Kelajakda olimlar jamoasi preparatning hujayra modellaridan labaratoriya izlanishlariga oʻtishmoqchi.

Asosiy mavzular