20:56 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
107 0 0

Qozogʻistonda oʻlim jazosini qoʻllash boʻyicha 2003 yildan buyon muddatsiz moratoriy joriy etilgan edi. 2004 yildan buyon uning oʻrniga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoʻllanilayotgan edi.

TOSHKENT, 24 sen — Sputnik. Qozogʻiston oʻlim jazosini bekor qilish boʻyicha xalqaro bayonnomaga qoʻshildi. Bu haqda Sputnik Qozogʻiston xabar qilmoqda.

Taʼkidlanishicha, tegishli hujjat Qozogʻistonning BMTdagi doimiy vakili Qayrat Umarov tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining bosh qarorgohida imzolangan.

Mamlakat prezidenti Qosim Jomart-Toqayev ushbu qaror haqida BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasining yuqori darajadagi umumsiyosiy munozaralarida
maʼlum qilgan edi.

U mamlakat insonning hayotga boʻlgan huquqini taʼminlashni maqsad qilib qoʻyganini taʼkidlagan edi.

Qozogʻistonda oʻlim jazosini qoʻllash boʻyicha 2003 yildan buyon muddatsiz moratoriy joriy etilgan edi. 2004 yildan buyon uning oʻrniga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoʻllanilayotgan edi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda oʻlim jazosi 2008 yil 1 yanvardan boshlab prezident qarori bilan bekor qilingan.

Asosiy mavzular