06:40 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
14520

Qirgʻiziston prezidenti BMT Bosh Assambleyasidagi chiqishida “Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini Yevropa va Osiyoning bogʻlanishi deb atadi.

TOSHKENT, 24 sen — Sputnik. Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi chiqishida “Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini Yevropa va Osiyoning bogʻlanishi deb atadi.

“Biz qadimiy Buyuk Ipak Yoʻlining asosiy yoʻnalishlarini qayta tiklashimiz kerak. “Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston" temir yoʻli qurilishi va ishga tushishi Osiyoning Yevropa bilan bogʻlashishiga qoʻshgan hissamiz boʻladi”, - dedi u.

Jeenbekovning soʻzlariga koʻra, transport-kommunikatsiya yoʻlaklari, logistik markazlari va terminallar tizimini rivojlantirish oʻta muhim ahamiyatga ega.

Avvalroq "Oʻzbekiston–Qirgʻiziston–Xitoy" temir yoʻli qurilishida eng maqbul yoʻnalish tanlashga kelishilgani xabar qilingan edi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu tadbirda soʻzlagan nutqida mintaqaning global iqtisodiy, transport va tranzit yoʻlaklariga chuqur integratsiyasini taʼminlash muhim strategik vazifa ekanini qayd etgan edi. Shuningdek, u BMT shafeligida Transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish mintaqaviy markazini ochishni taklif etgan edi.

Asosiy mavzular