12:48 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
237 0 0

Installyatsiya ochilgan vaqtda soatlar insoniyatga 7 yilu 102 kun vaqt bergan. Millar sayyorada uglevodorod zaxiralari tugaydigan vaqtga qadar teskari hisobni yuritadi.

TOSHKENT, 24 sen - Sputnik. Nyu-Yorkda iqlimiy apokalipsisga qadar kunlarni sanaydigan taymer paydo boʻldi.

Qiziqarli raqamli installyatsiya Manxettendagi Yunion-skverda oʻrnatilgan.

"Soatlar sayyorada uglevodorod zaxiralari tugaguniga qadar teskari hisobni olib boradi", - deyiladi xabarda.

"Iqlimiy soatlar" mualliflari rassomlar - Gan Golan va Endryu Boydligi aytilmoqda.

Shunisi eʼtiborga molikki, installyatsiyaning ochilish vaqtida soatlar insoniyatga 7 yil va 102 kun vaqt bergan.

Loyiha izohlarida yozilishicha, agar sanoat oʻzining uglevodorodlarga munosabatini oʻzgartirmasa, koʻrsatilgan vaqtga kelib sayyorada tuzatib boʻlmas oʻzgarishlar roʻy beradi va buning oqibatida tabiiy ofatlar va iqtisodiy katastrofalar yuz berishi mumkin.

Soat millarida umidbaxsh maʼlumotlar aks etgan - bu qayta tiklanuvchi manbalardan olinadigan jahon energiyasi foizidir.

Hozirda bu koʻrsatkich 27,7%dan ortiqni tashkil qilmoqda. Iqlimiy apokalipsisni oldini olish uchun bu raqamni yuzgacha yetkazmoq jozi.

Asosiy mavzular