Putin Nobel tinchlik mukofotiga nomzod etib ko‘rsatildi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishRabochaya vstrecha prezidenta RF V. Putina s sovetnikom po nauke OAO "VPK "NPO mashinostroyeniya" G. Yefremovim
Rabochaya vstrecha prezidenta RF V. Putina s sovetnikom po nauke OAO VPK NPO mashinostroyeniya G. Yefremovim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nobel tinchlik mukofoti - Alfred Nobel fondi tomonidan har yil topshiriladigan nufuzli 5ta mukofotlardan biri bo‘lib, dunyoda tinchlikni mustahkamlash uchun qo‘shgan hissasi uchun beriladi.

TOShKENT, 24 sen - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Nobel tinchlik mukofotiga nomzod etib ko‘rsatildi, RIA novosti xabariga asosan. 

Ushbu tashabbus Rossiyalik jurnalist va yozuvchi Sergey Komkov tomonidan amalga oshirilgan. Komkov Putin nomzodini 2021-yil nobel tinchlik mukofotiga nomzod sifatida rasmiy arizani 10-sentabr kuni Oslo shahriga yuborgan. 

Ma’lumot uchun, Rossiya prezidentini birinchi marotaba ushbu mukofotga nomzod etib ko‘rsatilayotgani yo‘q. 2013-yilda ham Vladimir Putin Dunyo xalqlari birligi akademiyasi prezidenti tomonidan ushbu mukofotga nomzod etib ko‘rsatilgan edi. 

Nobel tinchlik mukofoti - Alfred Nobel fondi tomonidan har yil topshiriladigan nufuzli 5ta mukofotlardan biri bo‘lib, dunyoda tinchlikni mustahkamlash uchun qo‘shgan hissasi uchun beriladi.

Turli yillarda ushbu mukofotga Barak Obama, Albert Gor, Kofi Anan, Kim De Jun, Nelson Mandella, Mixail Gorbachev va boshqalar munosib deb topilgan. 

 

Yangiliklar lentasi
0