WhatsApp’da yangi funksiya paydo bo‘ldi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishWhatsApp
WhatsApp  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangilik bilan foydalanuvchilarga ikkinchi tomon ochib ko‘rishi va yozishmalardan chiqishi bilan o‘chib ketadigan foto, video va animatsiyalar yuborish imkonini beradi.

TOShKENT, 24 sen — Sputnik. WhatsApp᾽da vaqtinchalik mediafayllar yuborish imkonini beruvchi yangi Expiring Media funksiyasi paydo bo‘ldi. Bu haqda “WeBetaInfo” xabar qildi.

Yangilik bilan foydalanuvchilarga ikkinchi tomon ochib ko‘rishi va yozishmalardan chiqishi bilan o‘chib ketadigan foto, video va animatsiyalar yuborish imkonini beradi. Bunday imkoniyat foydalanuvchi o‘ta shaxsiy mediafayllarini yubormoqchi bo‘lganda asqotishi taxmin qilinyapti.

Foydalanuvchilar chalg‘ib ketmasligi uchun yo‘qolib ketuvchi xabarlar odatiylaridan grafik jihatdan farq qiladi.

Funksiya dasturning Android-smartfonlar uchun mo‘ljallangan beta-versiyasida mavjud. Keyinroq dastur yangilangandan keyin asosiy dasturda ham paydo bo‘lishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0