21:30 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
332 0 0

Federal oʻlim jazosining qayta tiklanishi AQSH uchun ramziy maʼnoga ega, chunki bu yerda aksariyat qatllar federal hukumat emas, balki alohida shtatlar yurisdiktsiyasi ostida oʻtar edi

TOSHKENT, 25 sen - Sputnik. AQSH hukumati federal darajada oʻlim jazosiga kiritilgan 17 yillik moratoriy bekor qilingach ilk afroamerikalikni qatl etdi, deb xabar qiladi mahalliy WTHI kanali.

Kristofer Vialva 1999 yil Texasda nasroniy faollar boʻlgan yosh er-xotin qotilligi uchun oliy jazoga hukm qilingan edi. Halok qiluvchi inʼyektsiya yordamidagi qatl Indiana shtatidagi Terre-Xot qamoqxonasida amalga oshirilgan.

Joriy yil iyul oyida AQSH Oliy sudi sal oldin quyi instantsiya sudlari tomonidan joriy etilgan moratoriyni bekor qilib, 17 yil deganda birinchi marta AQSH federal sudlarida qatllar amalga oshirilishi mumkinligi haqida qaror eʼlon qilgandi.

Birinchi oʻlim jazosiga hukm qilingan amerikalik - 47 yashar Deniyel Lyuis Li boʻldi. U ham Indiana shtatidagi Terre-Xot federal qamoqxonasida saqlanib kelgan.

Federal oʻlim jazosining qayta tiklanishi AQSH uchun ramziy maʼnoga ega, chunki bu yerda aksariyat qatllar federal hukumat emas, balki alohida shtatlar yurisdiktsiyasi ostida oʻtar edi.

Asosiy mavzular